Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə7/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Darsning jihozi: shakldosh so’zlar jadvali.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
I.Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
II.O’tilgan mavzuni takrorlash Savol-javob o’tkazish
III.Yangi mavzu bayoni:
1. Shakldosh so’zlar haqida ma'lumot.
2. Shakldosh so’zlarning qo’llanishi.
Bu mavzu keyinchalik asosiy kursda mukammalroq ravishda o’quvchilarga havola etiladi. Ushbu darsda esa boshlang'ich sinfda o’zlashtirilgan bilimlarni takrorlash, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlashga urg'u beriladi. Maqsad o’quvchilarda so’z o’yini orqali so’zni his qilish sezgilarini uyg'otish, zakiylik, topqirlik, mustaqil fikrlash fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. Shakldosh so’zlar buning uchun juda qulay vositadir. O’quvchilar ayrim so’zlardan shakldoshlar hosil qilishga qiynalishlari mumkin. Masalan: karam so’zining saxovat, taxt so’zining tayyor ma'nolarida kelishini topolmasliklari mumkin. Bunday vaziyatlarda o’qituvchi iqtidorli o’quvchilarga suyanishi, ularga qo’shimcha topshiriq sifatida bu so’zlarni yoki o’zi mazkur so’zlarning ma'nolarini tushuntirib, yozdirib qo’vishi kerak.
Namuna: karam (sabzavot), masalan: Bozordan karam sotib oldim, knrniii (saxovat), masalan: Karamli zotlar doimo e'zozlanadilar.
Dars oxirida muslahkamlash, uni oldingi dars bilan bog'lash maqsadida bir necha so’zning avval ma'nodoshini, so’ng shakldoshini topish topshirig'i berilishi mumkin. Bu topshiriq o’qituvchiga o’quvchilarni baholashda ham qo’l keladi. Masalan: chang so’zi, ma'nodoshi - g'ubor, shakldoshi - chang (musiqa asbobi). Bu topshiriq ayni paytda o’quvchilar tomonidan bu ikki hodisani chalkashtirib yuborishlarining oldini oladi.
IV.Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin