Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə110/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

SHAYTONNING YELKASIGA IGNA SANCHDIM
Bir jihatdan olib qaraganda, oyim uyga kiritmay to‘g‘ri ish qilgan ekan. Nega desangiz, o‘sha paytlarda men sehrli qalpoq axtarib egasi ko‘chib ketgan hovlilarni, go‘ng tepalarni, eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv qilib yurgan edim. Bir oy avval Qashqir qishloqda turadigan buvim biznikiga mehmonga kelib, sehrli qalpoq haqida ertak aytib beruvdi. Qalpoqni kiyib olgan azamat yigit biram ishlar qiladiki, biram qahramonliklar ko‘rsatadiki, agar eshitsangiz, og‘zingiz ochilib qoladi. U hammani ko‘rib turadi. Uni esa hech kim, eng ko‘zi o‘tkir odamlar ham ko‘rolmaydi.
- Buvi, buvijon, o‘sha qalpoqning rangi qanaqa? - deb so‘radim hovliqib.
- Oq jundan to‘qilgan.
- Uni qayerdan topsa bo‘larkin?
- O‘sha qahramon qarib-chirib o‘layotganda qalpoqni shu atrofdagi hovlilardan biriga yashirib ketgan, bolam.
- Topsa bo‘larmikan?
- Nega bo‘lmas ekan. Izlasang, albatta topasan, o‘g‘lim.
Xullas, o‘sha kechadan buyon oromimni yo‘qotganman. Kechasi-yu kunduzi tinim bilmay sehrli qalpoq axtaraman. Ishonsangiz, izlamagan joyim qolmadi. Faqat eski qishloqning chekkasidagi tashlandiq bir uy qolgan, xolos. Bu hovli kimniki - hech kim bilmaydi. Hatto, oyim ham aniq bir narsa ayta olmadi.
Kechqurun uyga kirishdan mahrum bo‘lgach, oyim aytyapti deb, qo‘shnimizdan ikkita nonni qarzga oldim-da, qorong‘i tushishi bilan o‘sha hovli tomon yo‘l oldim. Tashlandiq uydan xunugi bo‘lmas ekan. Qaysi burchakka qaramang, ajinami, alvastimi ko‘zini lo‘q qilib menga baqrayib turganga o‘xshaydi. Hatto nazarimda ikki marta bo‘ri ham ko‘ringandek bo‘ldi. Keyin bundoq sinchiklab qarasam, ikkovi ham mushuk ekan. Men titkilamagan burchak qolmadi. Teshikki bor, hammasiga qo‘l suqib ko‘rdim...
Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o‘tirib qolibman. Mudray boshladim. Yo‘q, men uxlamasligim kerak, dedim o‘zirtiga o‘zim. Keyin shartta o‘rnimdan turib sal ichkariroq kirdim. Molxona bo‘lsa kerak, oxurda bir to‘p latta yotibdi. Orasini titkilagan edim... topdim, ishonasizmi, topdim, xuddi o‘shaning o‘zi! Oq mayin jundan, chekkasiga ipakdan chiroyli hoshiya tikilgan!
- Salom, qalpoqcham! - qichqirib yubordim.
- Salom, Hoshimjon! - degan ovoz eshitildi.
- Men seni axtarib yuruvdim.
- Men seni kutib yotuvdim...
Boshimga ildim-u uy tomon qush bo‘lib uchdim. Axir men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko‘rishim kerak edi-da



Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin