Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə3/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________
3- DARS

Mavzu. Bosh harf bilan yoziladigan so’zlar. 9-11-mashq

Maqsad. A) ta’limiy: Kishilarning ism-familiyasi, hayvonlarga qo'yilgan nomni bosh harf bilan boshlab yozish haqidagi ko'nikmalarni mustahkamlash.

b) tarbiyaviy: hayvonlarga mehr uyg’otish.

d) rivojlantiruvchi: yozish malakalarini rivojlantirish.

Darsning jihozi: darslik, plakat va tarqatmalar, rasmlar.

Darsning uslubi: aralash: savol- javob, test, amaliy ish.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Tozalikni tekshirish;

Darsga tayyorgarlik.

II. Uy vazifasini tekshirish.

O'qituvchi topishmoqningjavobi nima ekanligini so'raydi. O'quvchilar sabzi ekanligini aytadilar. Daftarlar tekshirish uchun yig'ib olinadi, ikkinchisi tarqatiladi. Tartibli, chiroyli yozilgan daftar egalari rag'batlantirilib, kamchiliklar ko'rsatib o'tiladi.

Darsning maqsadini aytish.

— Darslikda sizga qanday savol berilgan? O'qing. (O'quvchilar savolni o'qib, oldingi darslarda o'rganganlarini bilganlaricha aytadilar. Bu darsda ham yana bosh harf bilan yoziladigan so'zlarni o'rganishlarini eslatiladi.)

III. Kishilarning ismi, familiyasini, hayvonlarga qo 'yilgan nomlarni bosh harf bilan boshlab yozish haqidagi qoidalarni mastahkamlash mashqlari.

1. O'qituvchi xattaxtaga o, a, h, k harflarini yozadi, shu harflar bilan boshlanadigan kishi ismlarini aytishni tavsiya qiladi. O'quvchilar aytgan ismlarni o'qituvchi (yoki bir o'quvchi) xattaxtaga, o'quvchilar daftarlariga bosh harf bilan boshlab yozadilar (Omon, Aziz, Halima, Kamola kabi). Yozilgan so'zlar bo'g'inlab o'qib tekshiriladi.

— Biz hozir o'rganilgan qaysi qoidani takrorladik?

2. Og'zaki mashq.

— Siz qanday uy hayvonlarini bilasiz?

-O'qituvchi mushuk, ot, it rasmlarini ko'rsatib, shu uy hayvonlariga nom qo'yish vazifasini topshiradi. O'qituvchi bolalar qo'ygan nomni xattaxtaga yozishi mumkin. (Momiq, Boychibor, Ziyrak.)

— Kishilar nima uchun (nima maqsadda) hayvonlarga nom qo'yadilar? Siz qanday uy hayvonlarini boqasiz? Ularga qanday nom qo'ygansiz?

O'qituvchi savollarga o'quvchilar berganjavoblarni xulosalab, hayvonlarga qo'yilgan nomni ham bosh harf bilan boshlab yozilishini aytadi.

3. 9- mashq.

Bu mashqni o'quvchilar ikki xil usulda bajarishlari mumkin.

1 - usul: darslik oxirida berilgan 1 - esdalikdan foydalanib ko'chiradilar va tekshiradilar.

2- usul: gaplarni izohlab ko'chiradilar: «Shavkat kuchukcha boqdi». Shavkat— gapning birinchi so'zi, kishi ismi, bosh harf bilan boshlab yozaman. «U kuchukchaga Ziyrak deb nom qo'ydi». U— gapning birinchi so'zi, bosh harf bilan yozaman; Ziyrak— kuchukchaga qo'yilgan nom, bosh harf bilan boshlab yozaman.

4. 10- mashq.

Mashq topshiriqlari tartibida bajariladi. Mashqni tekshirib, savolla-riga javob bergach, o'quvchilarga darslikdan qoidani o'qish topshiriladi. Kishilarning ismi, familiyasi va hayvonlarga qo'yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi.

IV. Darsni yakunlash.

— Bu darsda nimalarni bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 11- mashq. Qoidalarni o'qish, bilish.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin