Sana:________ Tershirildi:______________
6- DARS
Mavzu. A va o unlilari.19-21-mashqlar
Maqsad. A va o unli tovushlarni alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish; shu harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. So'zni tovush-harf tomonidan tahlil qilish.
O'quvchilar o'qituvchi aytgan topishmoqlarning javobini aytadilar. Javobni bildirgan so'zlarni (karam, sabzi, anor, yong'oq) bo'g'inga bo'ladilar va tovushlarni tartibi bilan aytadilar; unli tovushlarning talaffuzini bilganlaricha tushuntiradilar. So'zlarni yozib, unli harflar tagiga chizadilar.
III. Talajfuzi yozilishiga mos bo'lgan so'zlarda a va o tovushining talaffuzini kuzatish.
1. 19- mashq.
Mashq berilgan topshiriqlari tartibida bajariladi. O'qituvchi bunday so'zlarning birinchi bo'g'inida a tovushi ba'zan o tovushiga yaqin talaffuz qilinsa ham doim a harfi yozilishini yodda tutishni tushuntiradi.
2. So'z diktant.
Vatan, mashina, jahon, havo, vazifa so'zlari aytib turib yozdiriladi; talaffuzi, ma'nosi, yozilishi aniqlatiladi. O'quvchilar yozganlarini darslikdagi lug'atga qarab tekshiradilar. («Harf kassasi»dan foydalanib, kesma harflar bilan yozib tekshirish ham mumkin.)
IV. A va o unlilarini to'g'ri yozish, so'zlarni guruhlash ko'nikmasini o 'stirish.
1. 20- mashq.
Mashqni bajarishdan oldin sabzavotlar va poliz ekinlariga nimalar kirishi so'rab aniqlanadi, so'ng mashq topshiriqlari tartibida mustaqil bajartiriladi.
V. «Tarqatma materiallar»' bilan ish lash.
VI. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz? (A va o tovushlarini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilishni; shu harfli so'zlarni to'g'ri yozishni. So'zni to'g'ri yozilganini lug'atdan tekshirishni.)
VII. Uyga vazifa. 21- mashq.
Dostları ilə paylaş: |