Maqsad. Rasmlar turkumi yuzasidan og'zaki hikoya tuzish. matn qismlarini o'zaro bog'lash. Xatboshiga rioya qilgan holda matnni yozish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Rasmlar yuzasidan hir necha gap yoki hikoya tuzish. 29- mashq.
O'quvchilar diqqati rasmlarga qaratiladi va rasmlarni diqqat bilan kuzatish, ular yuzasidan 3—4 ta gap yoki hikoya tuzish topshiriladi. O'quvchilar tuzgan gaplaryoki hikoya tinglanadi, kamchiliklarto'ldirilib, kerak bo'lsa, izoh beriladi. Ana shu rasmga mos ertak borligi eslanadi. Bilgan o'quvchilar so'zlab beradilar. O'quvchilar diqqati yana mashq shartiga qaratiladi.