Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə16/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________ 13-DARS

Mavzu. Bayon tahlili, xatolar ustida ishlash.

Maqsad. O'quvchilar ishini tekshirib, ko'pchilik yo'l qo'ygan xatolami aniqlash va xatolar ustida birgalikda ishlash uchun mashqlar tayyorlash; ayrim o'quvchilargina yo'l qo'ygan shaxsiy xatolarni aniqlash va ularga mos topshiriqlar tayyorlash. Xatolar ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

1. O'quvchilar yozgan so'zlarini o'qiydilar. O'qituvchi tavsiya etgan ikkita so'z tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi: o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlab o'qiydilar, har bir bo'g'in qaysi tovushlardan tuzilganini aytadilar. Bir-ikki undosh tovushni to'g'ri talaffuz qilib ko'rsatadilar, shu undosh tovushni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi, shovqin eshitilishini bilganlaricha aytadilar.

2. Suhbat yordamida o'zbek tilida 24 ta undosh tovush, 20 ta harf va 3 ta harf birikmasi bilan belgilangani yodga tushiriladi.

II. Darsning maqsadini aytish (matnni qayta hikoyalab, berilgan savollarga javob yozish— ta 'limiy bayonni tahlil qilish, yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash).

1. O'quvchilar bayonni qanday yozganlari yuzasidan o'qituvchi xulo-sasini eshittirish.

O'qituvchi o'quvchilar bayonni, asosan, yaxshi yozganlarini, ammo ayrim xatolarga yo'l qo'yilganini o'quvchilar nomini aytmay, bir-ikki misol bilan izohlaydi.

Eayonni xatosiz, chiroyli yozuv qoidalari va xatboshilarga rioya qilib yozgan o'quvchilami hamda bu ishni oldingilariga nisbatan yaxshi yozgan ayrim o'quvchilami rag'batlantiradi.

2. Yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.

Gapni yozishda ayrim so'zlarni tushirib qoldirib, gap oxiriga nuqta qo'ymay, gapni kichik harf bilan boshlab yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.

O'quvchilar xato yozgan gaplar darsdan oldin xattaxtaga yozib qo'yiladi. O'qituvchi yoki o'quvchi gapni o'qib beradi. Gapni bosh harf bilan boshlash, oxiriga nuqta qo'yish haqidagi qoidalar eslatiladi. Xattaxtadagi gap berkitiladi. Shundan so'ng gap aytib turib yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini xattaxtada yozilgan gapga qiyoslab tekshiradilar.

So'zni yozishda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash.

Xato yozilgan so'zlar bilan lug'at diktant o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilar xatoga yo'l qo'ygan so'zlarni aytib turib yozdiradi. Ular yozganlarini imlo lug'atiga qarab tekshiradilar.

III. Ayrim o'quvchilargina yo'l qo'ygan xatolar yuzasidan ularga topshiriqlar beriladi.

IV. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

V. Darsni yakunlash.

— Sizlar yo'l qo'ygan xatolarning oldini olish uchun nimalarni yodda tutishingiz zarurekan? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar, o'qituvchi umumlashtiradi.)



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin