Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə54/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016

48-dars

6-NI

Mavzu: Bo’g’in. Bo’g’in ko’chirish

Maqsad: O’quvchilarning bo’g’in, bo’g’in ko’chirish haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash

Nazorat shakli: Diktant
Opa-singillar
Gulchehra, Xurshida va Xadicha – opa-singillar. Ularning onalari Oysha opa –kashtachilik bilan shug’ullanadi. Qizlari ham onalaridan kashta tikishni o’rganishgan. Opa-singillar juda inoq. Kashtani birgalikda tikishadi. (28 so’z)
Topshiriq: Ikkinchi gapda berilgan so`zlarni bo`g`inlarga bo`lib yozing.


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A

Sana:-------.2016

49-dars

Diktant tahlili va xatolar ustida ishlash

Mavzu. Diktantda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash va o'rganilganlarni umumlashtirish.

Maqsad. So'zlarning yozilishini mustahkamlash; xatolar ustida ishlash ko'nikmasini; gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish.

I. Diktantning umumiy natijasi bilan tanishtirish.

O'qituvchi xatosiz va husnixat qoidalariga rioya qilib yozilgan hamda oldingilariga nisbatan yaxshi yozilgan ayrim ishlarni aytadi va ko'rsatadi.

— Qaysi so'zlarni yozishda ko'proq xatoga yo'l qo'yilgan? (Bu so'zlar yozilgan xattaxta yoki harf terish kartoni ochib ko'rsatiladi. O'quvchilar xato yozgan so'zlarini to'g'rilab yozadilar.)

II. Yo 7 qo 'yilgan xatolar guruhi ustida birgalikda ishlash.

1. Gapni bosh harf bilan boshlash, oxiriga tinish belgi qo'yish.

2. Kishilar ismi, hayvonlarga qo'yilgan nomlarni bosh harf bilan boshlash.

3. Ayrim unlilarning yozilishi.

4. Ayrim undoshlarning yozilishi.

5. So'zda harflarni tushirib qoldirish va o'rnini almashtirib yozishga °id xatolar.



III. Mantiqiy mashq.

— Bular nimaligini aniqlang va mazmunga mos so'zni nuqtalar o'rniga qo'yib yozing.

Olxo'ri, uzum — ... Sabzi, lavlagi — ...

Kashnich, ukrop — ... Choynak, piyola — ...

Nuqtalar o'rniga qo'yish uchun so'zlar: idishlar, ko'katlar, mevalar, sabzavotlar.

O'quvchilar yozuvi birgalikda tekshiriladi.



IV. Rasmga qarab 2—3gapli matn tuzish. Yozish. Tekshirish.

V. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

VI. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni o'rgandingiz? Xatolar ustida qanday ishladik?

VII. Uyga vazifa. O'rganilganlarni takrorlash.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin