Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə56/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi.

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli so'zlarning to'g'ri aytilishi va yozilishini kuzatish.

I. Lug'at ustida ishlash. Bir so'z bilan ayting.

II. O 'zbekistonning markaziy shaharining nomi. ( Toshkent.) 2. Biror o'simlikni boshqa o'simlik tanasiga ulab o'tkazish usuli. (Payvand.) 3. Ota-onaning o'g'il va qizi. (Farzand.) 4. Tana qo'yib, shoxlar chiqarib o'sadigan o'simlik. (Daraxt.)

O'quvchilar aytgan so'zlarni o'qituvchi xattaxtaga yozib boradi.

— Shu so'zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?

O'qituvchi qisqa tushuntiradi: o'zbek tilida mana shu kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan so'zlarni aytganimizda ba'zan so'z oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu so'zlarni yozganda asliga muvofiq oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, do'st, g'isht kabi yozamiz.

III. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarni kuzatish.

1. So'zlar oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan so'zlarni yozdirish, aytilishi va yozilishini qiyoslash. 108- mashq.

2. O'quvchilarga qoidani darslikdan o'qitish.



IV. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi ko 'nikmani shakllantirish.

1. O'qituvchi «Men she'rni o'qib beraman, sizlar aytilishda tushib qoladigan d va t undoshli so'zlarni aniqlab aytasiz» topshirig'ini berib, she'rni ifodali o'qiydi. O'quvchilar Toshkent, poytaxt, Samarqand, payvand, bahramandso'zlarini aniqlaydilar (zarur bo'lsa, o'qituvchi yordam beradi). 109- mashq.

2. O'quvchilar 110- mashqni mustaqil bajaradilar.

O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.

V. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?

VI. Uyga vazifa. 111-mashq. O'rganilgan mavzuga mos to'rtta so'z yozish.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin