Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə59/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A

Sana:-------.2016

52- DARS

Mavzu. So'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar. 116-119-mashqlar

Maqsad. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni to'g'ri o'qish va yozish ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. So'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarni kuzatish.

1- usul. O'qituvchi o'rganiladigan yangi mavzu nomini va so'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harflar yoziladigan ma'lumotni darslikdan o'qishni topshiradi, darsning maqsadini aytadi: «Bugun sizlar so'z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladigan so'zlarni bilib olasiz».

Xattaxtaga yozilgan yoki jadval tarzda tayyorlangan so'zlar ko'rsatilib, topshiriq beriladi:

— So'zlarni o'qing va so'z ichidagi bir xil harfga qarab, uch ustun shaklida yozing.



Muqaddas, Abdulla, Muhayyo, Fayzulla, Muqaddam, Sayyora.

2- usul. O'qituvchi o'quvchilarga ikkita bir xil undosh ketma-ket yoziladigan ismlar aytishni topshiradi. O'quvchilar aytadilar. Masalan: Abbos, Muzaffar, Nuriddin, Muazzam, Muattar, Mukarram, Muyassar, Muhabbat, Qahhor, Qimmatxon kabi.

Xattaxtaga 4 — 5 ta ism yoziladi.

— Shu ismlarni yozishda nimani bildingiz? (So'z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladi.)

O'qituvchi shunday so'zlardan 4—5 tasini aytib turib yozdiradi. Yozilganlar bo'g'inlab o'qib tekshiriladi.



III. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so 'zlarning talaffuzi va yozilishiga oid ko 'nikmasini shakllantirish, darslik bilan ishlash.

1. So'zlarni aytib turib yozdirish va yozganlarini darslikka qarab tekshirtirish. (Bunda yozilganlarni tekshirish yo'li, albatta, yodga tushiriladi.)

2. 116-118- mashqlarni ishlash.

IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 119- mashq.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin