Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə68/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II.Savollar yordamida bayon yozish.

1. Matnni o'qib berish va savollar yordamida og'zaki hikoya qildirish. 132- mashq.

2. Matnni yozishga tayyorlash. Savollar xattaxtaga yozib qo'yiladi va matn qismlarga bo'linadi. (O'quvchilar xattaxtadan birinchi savolni o'qib, matndan shu savollarga javob bo'lgan gapni aniqlaydilar. Shu tarzda 2-va 3- savollarga javob bo'lgan gaplar aniqlanadi.

— Matn nechta qismdan tuzilgan ekan? (Uch qismdan.)

— Bayonni yozishda bu uch qismni qanday hisobga olamiz? (Har bir qismni xatboshidan boshlab yozamiz.)

O'quvchilar xatoga yo'l qo'yadigan 2—3 so'z xattaxtaga yozib qo'yiladi.

3. Matnni qayta o'qish, savollarga javob berish.

4. Savollar yordamida bayonni yozish.

O'quvchilar daftarlariga sarlavhani qo'yadilar. Xattaxtadan 1- savolni o'qiydilar, matndan yozadigan javobni topadilar va xatboshidan boshlab yozadilar. 2- va 3- savollarga javobni ham shunday aniqlaydilar, xatboshidan boshlab yozadilar.

5. O'quvchilar yozganlarini tekshiradilar: awal yozgan gaplarini daftardan o'qiydilar va shu gapni darslikdan o'qib qiyoslab tekshiradilar, xatolari bo'lsa to'g'rilaydilar.



III. Darsni yakunlash, daftarlarni tekshirish uchun yig'ib olish.

IV. Uyga vazifa. Maktabda va uyda Yangiyilni qanday kutib olganingiz haqida hikoya qilib berishga tayyorlanish.

Uyga vazifa qilib 135- mashq beriladi.





Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin