O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016-2O17
80-dars
NARSA VA SHAXS HARAKATINI B1LDIRGAN SO'ZLAR
Dasturga ko'ra 2- sinfda o'quvchilarni shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar bilan tanishtirish, ularda bunday so'zlarni shaxs va narsalar nomini va belgisini bildirgan so'zlardan farqlash ko'nikmasini o'stirish vazifasi qo'yiladi. O'quvchilarda harakat bildirgan so'zlarga nima qildi?, nima qildilar?, nima qilyaptilar? nima qiladi?, nima qiladilar? so'roqlarini bera olish ko'nikmasi shakllantiriladi.
So'zga so'roqni to'g'ri berish ko'nikmasi o'quvchilarni keyingi sinflarda fe'lning zamon, shaxs-son shakllarini bilib olishga tayyorlashni ko'zda tutadi. Bulardan tashqari o'quvchilar savollar yordamida so'zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. (So'zlarni so'roqlar yordamida farqlashga o'rgatish so'z turkumlarini o'rganishda boshlang'ich bosqich hisoblanadi.)
So'zga so'roq berish bilan bir vaqtda shu so'zning (fe'lning) leksik ma'nosini aniqlashga, undan nutqda fikrni aniq ifodalash uchun foyda-lanishni kuzatishga o'rgatish zarur.
O'quvchilar harakat bildiruvchi so'zning (fe'lning) umumiy leksik-grammatik ma'nosini tushunishga o'rgatiladi. Ma'lumki, fe'l shaxs va narsalarning harakatini bildiradi: yozdi, o'qidi, uxladi, topdi, tinchlandi, shodlandi kabi.
Fe'llar harakat ifodalash bilan birga turlicha holatni, belgining o'zgarishini ham harakat tarzida anglatadi: daraxt ko'kardi, o'rik gulladi, bola qizardi, ukam uxladi.
Harakat tushunchasini bunday keng tushunish kichik yoshdagi o'quvchilar uchun qiyinchilik tug'diradi.
O'quvchilar «shaxs va narsalarning harakati» tushunchasini to'g'ri anglab yetishlari uchun nima qilmoq? so'rog'iga javob bo'lgan shaxs va' narsalarning biror aniq ishni bajarishini bildirgan turli leksik ma'noni ifodalaydigan so'zlar (fe'llar)dan foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: |