Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə93/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi.

I. Bayonda yo 'I qo 'yilgan xatolar ustida ishlash.

II. Uy vazifasini tekshirish.

III. Bosh haif bilan yoziladigan so 'zlar haqida umumlashtirish.

— Kishilarning ismi, familiyasi, havvonlarga qo'yilgan nom qatnashgan gaplar tuzing topshirig'i beriladi. O'quvchilar tuzgan gaplardan muvofiq ko'rilgani muhokama qilinadi. Gapning birinchi so'zida, kishilarning ismi va familiyasida, hayvonlarga qo'yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishi haqidagi bilimlar umumlashtiriladi.



IV. Shahar, qishloq, ko'cha, daryo nomlarida bosh harfning ishlatilishi haqidagi qoida bilan tanishtirish.

1. Birgalikda ishlash.

— Mamlakatimiz nomi nima? (O' zbekiston.)

O'qituvchi xattaxtaga, o'quvchilar daftarlariga yozadilar. Bizning mamlakatimiz— mustaqil O'zbekiston.

— Mamlakatimiz markaziy shaharining, poytaxtimizning nomi nima? Yoziladi. Mamlakatimiz poytaxti — Toshkent.

— Siz yashayotgan shahar (qishloq)ning nomi nima? Biz qaysi shahar (qishloqda yashayotirmiz?



Biz Toshkent shahrida yashaymiz.(Biz Xumson qishlog'ida yashayotirmiz.) Bolalar o'zlari yashayotgan shahar yoki qishloq nomini qo'shib, gap tuzadilar va yozadilar.

Bizning maktabimiz qaysi ko'chada? Yozadilar. Masalan: maktabimiz Ulug'bek ko'chasida joylashgan.

— Shahrimizda (qishlog'imizda, shahrimiz yaqinida...) qaysi daryo , bor? Shu haqda gap tuzing va yozing.

O'qituvchi mamlakat, shahar, qishloq, ko'cha, daryolardan biriga atab qo'yilgan nom bo'lgani uchun O'zbekiston, Toshkent, Xumson, Ulug'bek, Chirchiq kabi so'zlar bosh harf bilan yozilishini tushuntiradi.

2. 182- mashqni bajarish.

3. O'quvchilar darslikdagi qoidani o'qiydilar, o'zlari misol aytadilar.

4. 183- mashqni bajarish.

V. Darsni yakunlash.

— Darsda qanday yangilikni bilib oldingiz? Mamlakatimizda qanday shaharlar bor?



VI. Uyga vazifa. 184- mashq.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin