Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə89/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II.Darsning mavzusini aytish.

III. Hayvonlarga qo'yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi haqidagi qoida bilan tanishtirish.

Birinchi usul.

— Biz o'zimiz boqayotgan uy hayvonlariga (mushukcha, kuchukcha, otga) o'zimiz nom qo'yamiz. Nima uchun? (Hayvonning birini ikkin-chisidan ajratish — farqlash uchun.) Kim mushuk, kuchuk, ot kabi uy hayvonlarini boqadi? Ularga nom qo'yganmisiz?

O'qituvchi ikki o'quvchini xattaxtaga chiqaradi: biri uy hayvonlari nomini kichik harf bilan, ikkinchisi ularga qo'yilgan nomni bosh harf bilan boshlab ustun shaklida yozadi:
mushuk Mosh Momiq

kuchuk To'rtko'z Tarzan

— Doskaga yozilgan hayvon va ulardan biriga qo'yilgan nomni o'qib, qiyoslang: ularning yozilishida qanday farq bor? Hayvonlardan bittasiga qo'yilgan nom qanday harf bilan yozilgan?

O'quvchilar xulosa chiqaradilar: hayvonlarga qo'yilgan nom bosh harf bilan yoziladi.



Ikkinchi usul.

— Kim uy hayvonlari nomini aytib beradi? Siz qanday uy hayvonlarini boqyapsiz? Unga qanday nom qo'ygansiz?

O'quvchilar mushuk, kuchuk, ba'zan otni boqayotganlari, ularga qo'yilgan nomni aytadilar. O'qituvchi xattaxtaga hayvonning nomi va unga qo'yilgan nomni yuqoridagi kabi ikki ustun shaklida yozadi.

— Hayvon nomi bilan ulardan bittasiga (o'zingiz boqayotganingizga) qo'yilgan nomni o'qib, qiyoslang: ularning yozilishida qanday farq bor? (Hayvonlar nomi kichik harf bilan. shu hayvonga qo'yilgan nom bosh harf bilan yozilgan.)

— Hayvonlarga qo'yilgan nom qanday yozilar ekan?

O'quvchilar 175- mashqni bajaradilar va darslikdan qoidani o'qiydilar.



IV. Hayvonlarga qo'yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi haqidagi

ko 'nikmani shakllantirish mashqlari.

1. 176 — 177- mashqlarni bajarish.

2. O'zingiz voki tanishlaringiz boqayotgan mushuk va it haqida gap tuzing. O'sha mushuk va kuchukka nom qo'ying. Gapni yozing.

V.Tarqatma materiallar bilan ishlash.

VI.Darsni yakunlash.

— Siz bu darsda qaysi qoidani bilib oldingiz?



VII. Uyga vazifa. 178- mashq.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin