O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016-2O17
72-73- dars
Mavzu. Rasmlar va berilgan reja yordamida hikoya tuzish. Bayon tahlili.
Maqsad. Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya tuzish; matnni berilgan rejaga mos qismlarga bo'lish va har bir bo'limni xatboshidan yozish ko'nikmasini o'stirish; qiyin ahvolda qolgan qushlar, jonivorlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash.
Darsning turi:___________
Darsning metodi: _______________
Darsning jihozi: _____________________
Darsning borishi.
I.Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya (matn) tuzish. 173-mashq.
— Rasmlarni tartibi bilan ko'ring. Siz nima haqida hikoya tuzasiz? (Qor ustida holsiz yotgan qushcha haqida. Qushchaga yordam berish haqida.)
— Birinchi rasmni e'tibor bilan yana ko'ring va rejaning birinchi moddasini o'qing. Hikoyaning birinchi qismini (matnning boshlanishini)' tuzing. Qizcha va bolaga ism qo'ying.
— Ikkinchi rasmni ko'ring va rejaning ikkinchi moddasini o'qing. Ikkinchi rasmni ko'rib gapirib bering. Bu hikoyaning asosiy qismi (matnning asosiy qismi) bo'ladi.
— Rejaning uchinchi moddasini o'qing va uchinchi rasmni ko'ring. Hikoyaning uchinchi qismini (matnning xulosa qismini) tuzing.
O’qituvchi o'quvchilar e'tiborini hikoya qismlarining o'zaro bog'lani-shiga qaratadi: ikkinchi qism qaysi gap bilan tugadi? Uchinchi bo'limni qaysi gap bilan boshlash ma'qul? Uchinchi qismni qaysi gap bilan tugatsak yaxshi bo'ladi?
II. Matnni yozish.
Birinchi usul. O'quvchilar mashqni o'qiydilar. Sarlavha qo'yadilar. («Qushlar — bizning do'stimiz», «G'amxo'rbolalar», «Qushchani uchirib yuborishdi» kabi).
Matnni rejaga mos bo'lgan uch qismga bo'ladilar va xatboshiga rioya qilgan holda ko'chiradilar. Darslikka qarab tekshiradilar.
Ikkinchi usul. O'quvchilar rejaga mos bo'lgan uch qismli o'z matn-larini tuzadilar. Matnga sarlavha qo'yadilar va xatboshiga rioya qilib yozadilar.
Matn o'qituvchi rahbarligida tekshiriladi.
III. Uyga vazifa. 174- mashq.
Dostları ilə paylaş: |