Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə85/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A

Sana:-------.2016-2O17

70-dars

Mavzu: Bayon yozish. “Chin do’stlar” 168-mashq

Matnni savollar yordamida yozma qayta hikoya qilish (bayon).



Maqsad. Matn tuzilishi haqidagi tasawurni, matnni savollar yordamida yozish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. So'roq berib, nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni aniqlash.

III. O'qituvchi quyidagi kichik she 'mi aytib turib yozdiradi:

Qor parchalar, parchalar,

Oq kiyadi archalar.

Qir, adirlar, qo'ralar,

Oq kiyimga o'ralar.

Kavsar Turdiyeva

O'quvchilar yozib bo'Igach, nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni aniqlab, tagiga chizadilar.



IV. Matnni savollar yordamida og'zaki va yozma qayta hikoyalash. 168- mashq.

1. «Chin do'stlar» matnini o'qish va og'zaki hikoya qilish.

2. Matnni qayta o'qib, savollarga javob berish.

3. Matnni yozish uchun imloviy tayyorgarlik ko'rish.



H va x undoshlarining yozilishi, bosh harf bilan yoziladigan so'zlar yuzasidan qisqa tushuntirish. Shu sinf o'quvchilari xatoga yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan so'zlar bo'lsa, 2—3 tasini xattaxtaga yozib qo'yish ham mumkin. Har bir bo'limni xatboshidan yozishni eslatish.

4. Matnni ifodali o'qib berish va savollarga javob yozish.

Xattaxtaga sarlavha va savollar yozib qo'yiladi. Matn ifodali o'qib

beriladi.

O'quvchilardan biri xattaxtadan 1- savolni o'qiydi. Boshqa 1—2 o'quvchi shu savolga yoziladigan javobni aytadi. Zarurat tug'ilsa, o'qituvchi shu savolga yoziladigan javobni to'g'rilab aytadi. (Xayrulla va Akmal birsinfda o'qishadi. Ularqalin do'st).

O'quvchilar daftarlariga sarlavhani qo'yadilar. Birinchi savolga berilgan javobni xatboshidan boshlab yozadilar.

Ikkinchi va uchinchi savollar yuzasidan ham shunday ish bajariladi.

Bolalar yozuvi shunday bo'lishi mumkin.



Chin do'stlar
Xayrulla va Akmal qalin do'st. Ular birga o'qishadi.

Akmal kasal bo'lib qoldi. Xayrulla unga darslarni o'zlashtirib olishda yordam berdi.

Akmal do'stidan xursand bo'ldi. Sinfdoshlari ularga havas qilishadi (27 so'z).

O'quvchilar yozgan bayonlarini tekshiradilar. Xattaxtadan 1- savolni o'qiydilar, so'ngra yozgan (so'zlarni) javoblarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar va yo'l qo'ygan xatolari bo'lsa to'g'rilaydilar.



V. Darsni yakunlash. Daftarlarni tekshirish uchun yig'ib olish.

VI. Uyga vazifa. 169- mashq.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin