Sanaotni joylashtirishning klassik g‘oyalarini o’rganish



Yüklə 327,67 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü327,67 Kb.
#175695
1   2   3
Презентация без названия

Tyunen g‘oyasining asosiy mohiyati yagona shahar, ya’ni iste’mol markazi atrofida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishni hududiy tashkil qilishdan iborat. U bu g‘oyani amalga tatbiq qilish uchun xo‘jalik bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu shahar –Meklenburgdagi Rostok) o‘rtasidagi masofa, qishloq xo‘jalik mahsulotining narxi, qiymati va er rentasiga asoslanadi. Er rentasi esa unga qo‘yilgan mablag‘ bilan olingan daromad nisbati bilan belgilanadi.

Yuqoridagi shartlar yordamida I.Tyunen shahar atrofida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining joylashuv tizimini yaratadi. Bu tizim adabiyotda «Tyunen xalqalari» nomi bilan mashhur. CHunki, turli mahsulotlarni etishtirishga ixtisoslashgan har xil tarmoqlar iste’mol markazi atrofida xalqasimon joylashadi. Masalan, birinchi xalqa-bog‘dorchilik, sabzavotchilik va qisman sut chorvachiligi; ikkinchisi – o‘rmon xo‘jaligi (o‘sha davrda o‘tin uchun), uchinchi xalqa- kartoshka, arpa etishtirish va urug‘chilik, sut chorvachiligi, to‘rtinchi-yuqori unumdor g‘allachilik va sut-go‘sht chorvachiligi, beshinchi- g‘allachilik va nihoyat, oltinchi xalqa –yaylov chorvachiligi.

.

1909 yilda Tyunenning vatandoshi –Alfred Veber «Sanoat shtandorti to‘g‘risida» nomli asarini chop ettirdi. U o‘zining diqqat-e’tiborini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratdi. SHu maqsadda Veber omillarning ta’sir kuchiga qarab, tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi. A.Veber sanoat shtandortining asoschisidir. Shtandort esa-korxonaning o‘rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma’nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko‘zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. Bu foyda, Veber fikricha asosan xom ashyo mahsulotni realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xom-ashyo va maxsulotni sotish bilan bog‘liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. Chunki, mahsulotning tannarxiga xom-ashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham kiradi.


Yüklə 327,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin