San’atga oid adabiyotlar targ‘iboti, maqsadi, vazifalari San’at turlari orasida qo‘shiqchilik san’ati alohida o‘rin tutadi. Qo‘shiqchilik san’ati insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida rivojlanib kelgan. Qo‘shiqchilik san’ati xalq og‘zaki ijodi va musiqa bilan hamohang taraqqiy etgan va har bir davrda kishilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda asosiy vosita bo‘Igan. Qo‘shiqchilar inson orzu-umidlarini, hayotini, hayotga munosabatini go‘zal his-tuyg‘ular jo‘rligida aks ettirgan. Qo‘shiq sehri inson ko‘nglini zabt etadi, dilga orom bag'ishlaydi, kishilarning tasavurini boyitadi. Orzu-umidlarining go‘zal bo‘lishiga olib keladi, zavq beradi, insonlarni faqat yaxshilik, ezgulik qilishga, mehr-oqibatli bo‘lishga chaqiradi. Shuning uchun odamlar orasida alladan boshlab katta ashulagacha turli janrdagi qo‘shiqlar targ‘iboti muhim ahamiyatga ega. O‘zbek ashula san’ati namoyandalari hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlar ko‘pchilikni qiziqtiradi.
O‘zbek kino san’ati 1925-yildan beri rivojlanib, dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqda. Ko‘p yillar davomida dunyo kinosi anjumanlari turli nomlar bilan O‘zbekistonda o‘tkazilishining o‘zi buni isbot qiladi. Bolalarimiz, yoshlarimiz o‘rtasida kinoga qiziqish, kino san’ati namoyandalarining hayoti va ijodiga hurmati katta. Sohaga oid turli tipdagi asarlar mavjud. Ular nafaqat o‘zbek kinosi, balki jahon xalqlari kino asarlariga ham katta qiziqish bilan murojaat qilishadi.
Raqsda hayotiy hodisalar ixcham obraz shaklida aks etadi va aniq bir maqom (poza, gavdaning harakati) yoki raqs harakati butun bir mazmunni anglatadi. Raqs san’atida yakka, guruhli, turkumli raqs turlari mavjud. Aniq usul, aniq harakatlar bilan ishlab chiqilgan raqs turkumlari qadimda «maqomlar» deb atalgan. Farg‘ona vodiysida esa ular ellik usuldan tashkil topgan, o‘ziga xos ritmik harakatlar va raqs jumlalaridan tuzilgan «katta o‘yin» nomi bilan yuritilgan. Buxoroda raqs turkumlarini «maqom raqsi» deb atashgan, ular yirik bo‘limlarga birlashtirilgan kuy, ashula, usul qismlaridan iborat bo‘lgan. Xorazmning “Maqom ufori”si ham xuddi shunday tuzilgan. Farg'ona, Buxoro, Xorazm raqs maqom larining har biri usul-kuy va harakatli ifodalar jihatidan o‘ziga xos, betakror. Kitobxonlar orasida raqs san’ati nazariyasi, tarixi, turlari, raqs ustalarining hayoti va ijodiga oid adabiyotlar targ‘iboti ularni yanada go‘zal xulqli, nafis tushunchalarga, tasawurlarga boy kishi etib tarbiyalashda ahamiyatga ega.
Sirk san’ati o‘zbek xalqining qadimgi dor o‘yinlaridan to hozirgi yuksak darajaga erishgan o‘zbek sirki janrlari, jahon xalqlari sirki, mashhur sirk artistlari hayoti va ijodi to‘g‘risidagi adabiyotlar ham muhim ahamiyatga ega. Ularning targ‘ib qilinishi shu soha ixlosmandlari uchun muhim. Askiya, qiziqchilik san’atiga oid adabiyotlar ham alohida targ‘ib qilishni va bu borada doimiy ish olib borishni talab etadi. San’at turlari orasida tasviriy san’at, amaliy san’at, me’morchilik, haykaltaroshlik, arxitektura san’ati turlari keng rivojlangan va bu haqda ko‘plab adabiyotlar mavjud. 1997-yil 23-yanvarda “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi qarorning qabul qilinishi barkamol avlodni badiiy, yuksak didli, olam va san’at go‘zalliklarini to‘g‘ri tushuna oladigan kishi etib tarbiyalash, voyaga yetkazish mas’uliyatini oshirdi. Bu barcha san’at, ta’lim-tarbiya va madaniyat muassasalari qatori kutubxonalarga ham katta vazifalarni belgilab olishda turtki bo‘ldi.
Ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ibtidoiy jamoa zaminida vujudga kelgan insonlarning hayotiy ishtiyoqlarini aks ettirgan holda davrlar o‘zgargan sari badiiylik kashfeta bordi va bugungi kunda mumtoz san’at darajasiga yetdi.
Xalq amaliy san’atini rivojlantirish masalasi O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Azaldan xalq amaliy san’ati rivojlanib, o‘zbek xalqining dong‘ini taratib kelgan, ammo Prezidentimizning «Xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy san’atini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash choralari haqida»gi Farmoni birinchi marta amaliy san’at ustalari ijodiyotiga alohida e’tiborni qaratdi va uning istiqbolidagi muammolarni hal etish vazifalarini davlat darajasida belgilab berdi: yoshlarni badiiy hunarmand chilikka o‘qitish, ko‘rgazma va kim oshdi savdolarini о‘tkazish, amaliy-bezak san’at asarlarining maxsus do‘konlarini tashkil qilish, hunarmandlarni xomashyo bilan ta’minlash, ularni soliqdan ozod etish, erkin narx-navoni ta’minlash, xalq ustalarining ijodini keng targ‘ib qilish. Bu vazifalarni amalga oshirishda laitubxonalarning o‘rni ham bo‘lishi shart.
O‘zbekiston xalq san’ati an’analarini saqlab, davom ettirishda Rishton, G‘ijduvon, Xorazmning kulolchilik san’ati, Samarqandning mayda plastinkasi, Buxoroning zardo'zlik va kandakorlik san’ati, Toshkent va Xivaning yog‘och o‘ymakorligi san’ati, gilamdo'zlik san’ati, Chustning do‘ppido‘zIik va pichoq yasash san’ati alohida qadrlanishga loyiq.
Me’morchilik san’ati qadimgi san’at turlaridan biri. Har bir davrda yaratilgan va asrlar osha yetib kelgan me’moriy obidalarda ajdodlarimizning hayoti, maishiy turmush tarzi, san’atkorona ijodiy mahorati ko‘zga tashlanadi. Har bir davrning barcha qirralari shu san’at orqali namoyon bo‘ladi. Yoshlarda me’morchilik kasbiga qiziqishni shakllantirishda me’morchilikka oid, mashhur me’morlar hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ'ib qilish muhim ahamiyatga ega. San’atga, shu jumladan, xalq amaliy san’atiga davlat tomonidan mablag‘lar ajratilishiga qaramay, bugungi kunda an’anaviy san’at turlariga, undagi obrazlar olamiga bozor iqtisodiyotining ta’siri sezilarli kelmoqda. Tasviriy san’at voqelikni to‘g‘ri va chuqur aks ettirsa, hayot tomirining urishiga hamohang bo‘lsa, go‘zallik, aql, va vijdon jarchisi bo‘lsa va nilioyat, xalq didiga yo‘l topsa va shu xalq dilining harorati hamda hayotini ifodalay, tasvirlay olsa, shu qadar zo‘r va har tomonlama qudratli mo‘jizadir.