San’AT, sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlarni targ‘ib etish”



Yüklə 33,94 Kb.
səhifə2/5
tarix27.04.2023
ölçüsü33,94 Kb.
#103769
1   2   3   4   5
Дурдона

San’at turlari haqida tushuncha
San’atga oid adabiyotlardan san’at yo‘nalishidagi tashkilotlaming rahbarlari, xodimlar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar, ilmiy tadqiqot ishi olib boruvchi magistrlar, talabalar, doktorantlar, san’at oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar, san’at maktabi o‘quvchilari foydalanadilar. Kitobxonlar ommasi uchun nashr qilinadigan ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari mavjud. Ular aholi o'rtasida go‘zal xulqlami, san’atga oid turli qiziqarli ma’lumotlarni, san’at namoyandalari haqidagi ommabop maqolalarni ham berib boradi va estetik tarbiyaga ta’sir ko‘rsatadi.
San’at turlarining orasida teatr san’ati azaldan yuksak va oliyjanob maqsadlarga xizmat qilib kelgan, sahna san’ati vositalari yordamida kishidagi insoniy fazilatlarni qo‘llab-quwatlagan, rivojlantirgan, jamiyatda haqqoniylik va insonparvarlik munosabatlarining qaror topishi uchun kurashib kelgan. Teatr — hayot ko‘zgusi, san’at darsxonasi, muqaddas, mo'tabar ehrom va uni qadrlash zarur.
XX asr boshlarida Yevropa shaklidagi professional teatr paydo bo‘ldi. Millatni qoloqlikdan chiqarish, jaholatdan asrash, uni uyg‘otish, ko‘zini ochish, ma’rifatli va madaniyatli qilishda teatrga katta umid bog‘lab, uning poydevoriga M. Behbudiy boshchiligidagi ma’rifatparvarlar 1914-yil asos solishdi. Ular teatr vositasida yosh avlodni tarbiyalash va to‘g‘ri axloq-odob yo'liga solish masalasini kun tartibiga qo'ygan holda amalda sinab ko‘rishdi.
1960-yillarda o‘zbek teatri tarixi va raqs muammolarini hal qiluvchi qator yirik ishlar yaratildi va kelgusi ilmiy tadqiqot ishlariga zamin yaratdi. M. Rahmonovning “O‘zbek teatri: qadimgi davrdan XVIII asrga qadar” (1959), L. Avdeyevaning «O‘zbekiston raqs san’ati» (1960) va M. Qodirovning «O‘zbek xalq og - zaki dramasi» (1963) kitoblari dastlabki ishlar edi.
AKMlarda teatr san’ati tarixi, nazariyasi, teatr san’atining dunyoga tanilgan mashhur namoyandalari haqida ma’lumot berish, ularning va ular haqidagi asarlarning targ‘iboti olib boriladi. Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Olim Xo‘jayev, Shukur Burhonov, Obid Jalilov, Razzoq Hamroyev, Nabi G ‘aniyev, Sora Eshonto‘rayeva, Nabi Rahimov kabilarning hayoti, ijodi to‘g‘- risidagi adabiyotlarni keng targ‘ib qilish yoshlarimizning ruhiy, ma’naviy madaniyatini shakllantirishda, shu soha kasblariga mehr uyg‘otishda muhim.
O‘zbekistonda, xorijiy mamlakatlarda musiqa madaniyati, musiqaning turlari — vokal, katta ashula, maqom, sahna musiqasi, libretto, bolalar musiqasi kabi turlarga oid adabiyotlar kitobxonlarni estetik ruhda tarbiyalashda, go‘zallikni his qila oladigan, ma’naviyati boy, axloqi go‘zal qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Ko‘zga ko‘ringan, mashhur musiqa namoyandalarining hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilish yoshlarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishga, shu soha kasbiga qiziqishga, mustaqil musiqa asarlarini yaratishga olib keladi.
O‘zbek xalqining milliy musiqa asarlari va musiqa namoyandalari jahonga mashhur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida o‘zbek musiqa san’atining barcha janrlari yanada rivojlandi va dunyoga chiqib, 0 ‘zbekistonning dong‘ini taratdi. 0 ‘zbek musiqa nazariyasida etnomusiqashunoslik, musiqiy manbashunoslik, musiqiy sharqshunoslik, maqomshunoslik kabi fan tarmoqlariga asos solindi. Barcha viloyatlarning to'liq musiqiy xaritasi ishlab chiqilib, xalq musiqasi va kasbiy musiqa namunalari, estrada musiqasi sohasida yangi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Milliy madaniyatimiz, san’atimiz, ilm-fanimiz, ma’naviyatimiz faxri bo‘lmish Yunus Rajabiy, Isxoq Rajabiy, Risqi Rajabovlar xotiralarim abadiylashtirish maqsadida respublikamizda «Rajabiyxonlik» nomidagi san’atshunoslik llmiy-ijodiy anjumani ta’sis etilib, muntazam o‘tkazib kelinayotganligi ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmatning yorqin misolidir. AKM, ARM va kutubxonalarda musiqashunoslikka atab kitob ko‘rgazmalarini tashkil etib, har xil kechalar, uchrashuv kechasi, savol-javob kechasi, og‘zaki kutubxonasi jurnal, konferensiyalar tashkil etish orqali musiqiy nashrlarni musiqashunos kitobxonlarga o‘z vaqtida yetkazishga harakat qilinmoqda.

Yüklə 33,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin