San’AT, sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlarni targ‘ib etish”


Sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlar targ‘iboti



Yüklə 33,94 Kb.
səhifə5/5
tarix27.04.2023
ölçüsü33,94 Kb.
#103769
1   2   3   4   5
Дурдона

Sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlar targ‘iboti
Axborot-kutubxona muassasalarida jismoniy tarbiya va sport bo‘limi 75 raqami bilan ajratilgan. Bu bo‘limda jismoniy tarbiyaning tibbiy-biologik asoslari, jismoniy tarbiya nazariyasi, tarixi, uslubiyoti, sport mashqlari, sohada ta’Iim-tarbiya masalalari, sport etikasi, sport turlari, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish, uning iqtisodi, uni boshqarish, sport inshootlari, uskunalar, turli xil o‘qishlar, uni tashkil etish, gimnastika, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sporti, yengil atletika, sport kurashi, suvsporti, qilichbozlik, suzish, ot sporti, otish sporti, havo sporti, sportning milliy turlari va boshqa masalalarga oid adabiyotlar joylashtiriladi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyotlar turli-tuman. Ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, ma’lumotnoma nashrlar, vaqtli matbuot nashrlari mavjud. Ularning kitobxonlari ham turli-tuman. Ilmiy xodimlar, magistrlar sohaga oid ilmiy adabiyotlar, o‘quv adabiyotlariga murojaat qilishsa, talabalar va o‘quvchilar ko‘proq o‘quv adabiyotlariga, vaqtli matbuot nashrlariga, bolalar va o‘smirlar sport turlari, o‘yinlari, uning usuli, tarixiga, mashhur sportchilarning hayoti va ijodiga oid adabiyotlarga murojaat qilishadi. Sport va jismoniy tarbiya masalalari, uni tashkil etish, uni qadrlash, aholi o‘rtasida turli sport musobaqalarini tashkil etish, jalb etish bilan mustaqillik yillarida yanada keng ko‘lamh ishlar olib borildi. O‘zbekiston hukumati va davlati tomonidan o‘zbek sportining dovrug‘ini olamga tanitish, dunyo arenasiga olib chiqishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, 0 ‘zbekiston Prezidenti I A. Karimov tashabbusi bilan 1998-yilda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etildi. Bu unvon bilan jahon chempionlari, olimpiya o‘yinlari g‘oliblari taqdirlanadi.
Respublikamizda quyidagi sport federatsiyalari sportni rivojlantirish, tashkil etish, yoshlar orasida uni targ‘ib etish faoUyati bilan shug‘ullanadi: 0 ‘zbekiston boks federatsiyasi, 0 ‘zbekiston erkin kurash federatsiyasi, 0 ‘zbekiston tennis federatsiyasi, 0 ‘zbekiston kurash federatsiyasi, 0 ‘zbekiston karate milliy federatsiyasi, 0 ‘zbekiston tayekvondo (T) federatsiyasi, 0 ‘zbekiston nogironlar sport assotsiatsiyasi va boshqa federatsiyalar. “Sport” gazetasi sport haqida, mashhur sportchilarning hayoti va ijodi haqida, 0 ‘zbekiston va dunyo sportiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan gazetxonlami ta’minlab boradi. Sportga berilayotgan e’tiborning muhimligi shundaki, sport va jismoniy tarbiya har qanday insonni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi.
Yurtimiz sportchilarijahonning turli mamlakatlari maydonlarida ona-yurti — O‘zbekiston, o‘z xalqi nomidan kurashga tushadi. G ‘alabaga erishgan holatda, albatta, uning sharafiga davlat madhiyasi yangraydi, mamlakat bayrog‘i ko‘tariladi. Har bir mamlakat va millat o‘z chempionlari bilan faxrlanadi, g‘ururlanadi. Shuning uchun ular Vatanning iftixorlari hisoblanadi va ardoqlanadi. Yuzlab sportchilarimizning sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni bo‘layotgani, oltin, kumush va bronza medallarini olib kelayotganining o‘zi faxrlanarli hoi.
Shu sababli, har bir yosh avlodning sportga qiziqishini shakllantirish, intilishini kuchaytirish, ularning sog‘lom va mard bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda, har bir shahar, posyolka va qishloqlarda, tuman va shaharning turli qismlarida sport inshootlari, o‘yin maydonlarining qurilishi va ishga tushirilishi eng katta yutuqlarimizdir. Jismonan chiruqqan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash, umumdavlat ahamiyatiga ega vazifalarni amalga oshirishga ta’sir etish maqsadida 1995-yil 1-sentabrdanboshlab o‘zbektilida oylik ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli “Sog‘lom avlod uchun” jurnalini nashr etish boshlandi.
Qadimda xalqimiz sportga alohida e’tibor bergan. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoki axloq” asarida axloq — insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir, badan ilmi, ya’ni jismoniy tarbiya bu ilmning asosidir deb ta’riflaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat ijodida sog‘lom avlod tarbiyasiga e’tibor qaratilgani ma’lum. Fitrat farzandlarimizning ilm olishi bilan birga badan tarbiyasiga ham ahamiyat berish lozimligini ko‘rsatadi.
Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar orasida o‘tkazilayotgan “Sog‘lomjon — polvonjon” musobaqalarida minglab farzandlarimiz qatnashgan, 1—2-sinf o‘quvchilari uchun sportning 6 turi bo‘yicha 1-Respublika sport festivali o‘tkazilib, uning to‘rt bosqichida 600 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.
AKM, ARM va kutubxonalarda xalq o‘yinlari vositasida jismoniy sog‘lomlikka intilish g‘oyasi: «Ko‘pkari», «Yelkada kurash», «Kurash», «Poyga», «Bo‘ron tindi», «Mindi», “Quloq cho‘zma”, “Chavandozlar”, “Otib qochar”, “Chillak”, “Oqtosh” kabi musobaqalar ham o'tkazilib turiladi. Yoshlarni sportga oid adabiyotlarga qiziqtirish bilan ularni sport turlari bilan shug‘ullanishga, sog‘lom va baquwat bo‘lishga jalb etish maqsadida targ‘ibot usullarining yakka va ommaviy shakllaridan foydalanilayotgani ko‘pgina kutubxonalar ish tajribasida ko‘zga tashlanadi. Bunda OAV bilan, sport qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish yaxshi samara beradi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz Sharq mutafakkirlarining falsafiy merosida, milliy sport musobaqalari, raqslarida o‘z aksini topgan. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylarning ma’naviy-jismoniy kamolot birligi borasidagi, har bir insonning individual shaxsiy rivojlanish xususiyatlariga doir fikrlari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Sport o‘yinlari dangasani mehnatsevar, kuchsizni kuchli, no'noqni mohir etishda, o‘smirlarning va bolalarning о z olamini namoyon etishida, kuchini sinab ko‘rishda muhim vositadir. Kelajagi buyuk davlat uchun jismonan baquwat, ma’nan yuksak, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash muhim vazifalardan biri ekanligini kutubxonalar o‘z tadbirlari bilan har bir inson ngiga singdirib borishlari shart. Hududlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqalarda kutubxonalar oldingi safda bolishlari, uni tashkil etish va o‘tkazishda, uning reklamasini tashkil etishda, aholini jalb etishda sport qo‘mitalarining asosiy yordamchisi kutubxonalardir. Ko‘plab sport inshootlari, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuyi, har bir viloyatning shahar va tuman markazlarida sport olimpiya zaxiralari kollejlarining tashkil etilgani katta yutuq. “Sport nafaqat jismoniy, balki m a’naviy kamolotga yetishishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishga o‘rgatadi. Inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
Xulosa
Men xulosa qilib shuni aytishim mumkinki Sa’natga oid adabiyotlar insonni komillika yetishishida bir qancha xissa qo‘shadi desam mubolag‘a bo‘lmagan bo‘lardi.
San’ati xalq og‘zaki ijodi va musiqa bilan hamohang taraqqiy etgan va har bir davrda kishilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda asosiy vosita bo‘Igan. Qo‘shiqchilar inson orzu-umidlarini, hayotini, hayotga munosabatini go‘zal his-tuyg‘ular jo‘rligida aks ettirgan. Qo‘shiq sehri inson ko‘nglini zabt etadi, dilga orom bag'ishlaydi, kishilarning tasavurini boyitadi. Orzu-umidlarining go‘zal bo‘lishiga olib keladi, zavq beradi, insonlarni faqat yaxshilik, ezgulik qilishga, mehr-oqibatli bo‘lishga chaqiradi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz Sharq mutafakkirlarining falsafiy merosida, milliy sport musobaqalari, raqslarida o‘z aksini topgan. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylarning ma’naviy-jismoniy kamolot birligi borasidagi, har bir insonning individual shaxsiy rivojlanish xususiyatlariga doir fikrlari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyotlar turli-tuman. Ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, ma’lumotnoma nashrlar, vaqtli matbuot nashrlari mavjud. Ularning kitobxonlari ham turli-tuman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. О. Alimova. Kutubxonashunoslik. 3 jildli. Т., «ILM ZIYO», 2007.

  2. E. Yo’Idoshev. Kutubxona va yosh kitobxon. Т., 2003.

  3. M. Rashidova, X. Mamatraimova. O’zbekistonda tabiiy fanlar va qishloq xo’jaligiga oid adabiyotlar bibliograflyasi. Т., 1986.

  4. O. Qosimova, T. Yesimov. Umumiy kutubxonashunoslik. Т., « O’qituvchi», 1994.

INTENET SAYTLARI:



  1. https://ziyouz.uz/

  2. https://n.ziyouz.com/

  3. http://www.ziyonet.uz/

Yüklə 33,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin