San’atga oid adabiyotlaming nashr turlarini. San’at turlariga oid adabiyotlarga qiziqishni shakllantirishda biografik asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ijodkormusawir, musiqachi, naqqosh, haykaltaroshlaming ichki dunyosini yoritadi: u yashagan davr, tarixiy shart-sharoit haqida tushuncha beradi; san’atkorning niyatini tushunishga, uning ijodiy faoliyatiga katta qiziqish uyg'otadi, asarlari yaratilish tarixini bilishga, hayot materiallarini saralash va baholashga, borliqni idrok etish va aks ettirishga, hamma-hammasida o'zligini namoyish etuvchi san’atkor ijodining o‘ziga xos, betakror tabiatini teran idrok etishga yordam beradi.
Biografik kitoblarni o‘qishga rahbarlik qilishning tarbiyaviy ta’sirini oshirish uchun kitobxonga bosh qahramonning shaxsini ko‘ra olish, uning axloqiy-badiiy komil insonligini tushunish va anglash, uning badiiy o‘ziga xoshgini his qilishga ko‘maklashish zarur. Bunda tavsiyaviy suhbat o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Suhbat paytida kitobning mufassal ta’rifini keltirmaslik kerak, kitobxonning mayli, ishtiyoqi, nechog‘ Uq o‘qirnishliligini, o‘smirlar guruhining qiziqishini nazarda tutib, asar mazmunining muayyan tomonlarini tushuntirgan ma’qul. Ayni vaqtda mazkur masalalarga oid zarur adabiyotlar tavsiya etiladi.
Opera va balet san’atiga oid ilmiy-ommabop kitoblarni targ‘ib qilish, adabiy manba bilan tanishish, uni libretto bilan muqoyasalab, operaning o‘ziga xosligini kitobxonga tanishtirish orqaU amalga oshishi kerak. Suhbat operadan parchalar eshitish, mutaxassis xodimning izohlari, opera haqidagi kitoblardan biror qismini o‘qish bilan birga qo‘shib olib boriladi.
Katta yoshdagi kitobxonlar uchun musiqa san’atining janr boyligini ochib berishda «Musiqiy mehmonxonada» turkumidagi kechalarning o‘tkazilishi katta yordam beradi. San’atga oid targ‘ibot ishlarida og‘zaki jurnal tasviriy san’atning rang-barang janrlari taraqqiyoti misolida yoritib berishga bag'ishlanadi.
Ilg‘or va professional jihatdan san’at yo‘nalishiga bog‘liq kutubxonalarda «Go‘zallik ixlosmandlari klubi»ning faoliyati muhim, uning tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish uchun besh, yetti kishidan iborat to‘garak a’zolari kengashi saylanadi. Uning rejasi san’at ixlosmandlarining tasawurlari, bilimi, idrokini kengaytirishga yo‘naltiriladi. To‘garak ishida san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar eng ta’sirli tadbir bo‘lib, xalq kuylari va qo‘- shiqlari, musawir, bastakor, naqqosh, haykaltarosh ijodi, komil inson tarbiyasida ularning o‘rni haqidagi asarlar asos qilib olinadi.
Kitobxonlar bilan olib boriladigan ommaviy ishlar — kitob ko‘rgazmalari yoki san’at asarlarining ko'rgazmalari, asar muhokamasi, adabiy va musiqaviy kechalar, og‘zaki jurnal, bahs, she’riyat soatlari va boshqalami qamrab oladi.
AKM va ARMda san’atning turlari haqidagi adabiyotlarni targ ib etuvchi xilma-xil usullar mavjud. Mavzuli kechalar, uchra shuvlar, ertaliklar, ko‘rgazmalar, bibliografik sharhlar, kitob taqdimotlari.