Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari



Yüklə 1 Mb.
səhifə45/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

12.3. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari
Marketingda kommunikatsiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan, xaridorlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aktsionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.
Kommunikatsiya siyosati (promotion mix) – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig’indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo’lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag’batlantirish; maxsus ko’rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi.
Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to’lovli turi bo’lib, u aniq bir xzomiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
SHaxsiy sotuv – bu «ulchalik» kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo’lib (dialog) maqsadi mizojni to’xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undash. Bir vaqtning o’zida firma uchun axborot manbai hamdir.
Savdoni avj oldirish-shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to’ldiruvchi hamma tovarni sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralarni o’z ichiga oladi.
Jamoatchilik bilan aloqa-aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar yaramida tashkilot va uning turli auditoriyalari orasida, o’zaro bir-birini tushinish va ishonchli ruxiy holat yaratishga xizmat qiladi. Bu yerdagi kommunikatsiyaning maqsadi faqat sotishgina emas, balki firma faoliyatini qo’llab-quvvatlash hamdir. Bu an’anaviy muloqot vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikatsiya turlari: salonlar, yarmarkalar, ko’rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing, kataloglar orqali savdo ham mavjud.


Marketing kommunikatsiyasining bosqichlari

Yillar

Bosqichning nomi

Bosqichning tavsifnomasi

1950-1960

Tizimsiz kommunikatsiya bosqichi

Kommunikativ siyosat katta rol uynamaydi, doimiy talabni ta’minlash uchun tovar taklifi hajmiga kontsentratsiya bosh masala hisoblanadi

1960-1970

Tovar kommunikatsiyasi bosqichi

Sotishni tashkil etishda korxona kommunikativ vosi-talardan foydalanadi. Birin-chi rejaga reklama va sotishni rag’batlantirish chiqadi

1970-1980

Maqsadli guruh kommunikatsiya bosqichi

Kommunikatsiya firmalar tomonidan foyda olishga imkon beruvchi maqsadli guruhlar bilan o’zaro ta’sirda mijozlar bilan muloqot uchun ishlatiladi

1980-1990

Raqobatli kommunikatsiya bosqichi

Kommunikativ sharoitni o’zgarishi va kommunikativ raqobat ko’rsatishning o’sishi korxonadan kommunikatsiyani optimal shakl va vositalarini talab qiladi

1990-2010

Raqobatli va integratsiyalangan kommunikatsiya bosqichi

Bozorni rivojlanish dinamikasi reklama tashuvchilariga media tarqatishni shakllantirishga olib keladi. Integratsiyalangan kommunikatsiyaga o’tishni talab qiladi

Kommunikatsiya quyidagicha tasniflanadi: kontakt turi bo’yicha shaxsiy va shaxsiy bo’lmagan; jadalligi bo’yicha jadal va takror; qo’llash chastotasi bo’ycha yagona va ko’p marotabalik; ta’sir natijasiga ko’ra samarali va samarasiz.
Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida menejment(firma boshqaruvi); xodimlar; mijozlar; jamoat; biznes bo’yicha sheriklar.
Kommunikatsiya maqsadi: Uzatuvchi qanday auditoriyaga yetib bormoqda ekan va qanday javob olmoqchi ekanini aniq bilishi lozim.
Ma’lumot tayyorlash. Pivbar, xaridorlarning tajribasini va ko’zda tutilgan auditoriyaning ma’lumotlarini dekodlash usulini hisobga olmoq kerak.
Kanallarni rejalashtirish. Uzatuvchi o’z ma’lumotlarini ko’zlagan auditoriyaga eng yaxshi yetkazib bera oladigan kanallar orqali o’zatish kerak.
Ma’lumot samaradorligi-o’zatuvchining aks aloqa signallari bo’yicha ko’zlangan auditoriyaning o’zatilgan ma’lumotlarga javobini baholay olishi kerak.
Yuqorida sanab o’tilgan samaradorlik shartlari har qanday marketing kommunikatsiya dasturiga kiruvchi qarorlar to’plamini belgilaydi.
Marketing kommunikatsiyasining ikki asosiy vosita-bu savdo xodimlari orqali shaxsli muloqotlar va reklama kanallari orqali shaxssiz muloqotlardir.
SHaxsiy savdo samaradorligi reklamadan ancha ko’pdir. Reklamaning yutug’i uning narxida: reklama yordamida bitta muloqot savdo agentining vizitidan ancha arzon.
Reklama qisqa vaqt oralig’ida qayta auditoriyalar bilan muloqot qilishga imkon bersa, agent esa oz sondagi klient (mijoz)larga bera oladi.
Tor doiradagi xaridorga kerak bo’lgan murakkab holi keyin ishlatiladigan tovarga nisbatan umumiy tarzdagi soddalashtirilgan reklamadan ko’ra savdo agentining tasviri kuchliroq.
Agent bevosita ta’sir yetib xaridordan darhol buyurtma olishi mumkin holda, reklamalarning taniqliligi va imiji orqali tavsir etish natijasi ancha vaqtdan so’ng olinadi.
SHuning uchun kommunikatsiyaning shaxsiy ta’siri ikkinchi darajali bo’lgan hollarda iqtisod va ishlab chiqarishi nuqtai nazaridan reklamadan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir.
Reklama agentligi-bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat turlarini taklif yetuvchi vositadir.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin