Rayonlararo kooperatsiya- turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim
Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining rivojlanish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF–3937-sonli “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan mamlakatimizda Respublika savdo yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2008 yilda Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga xalqaro ahamiyatdagi maqomi berildi. Endilikda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ikki bosqichda, ya’ni, birinchi bosqichda–tarmoq ko‘rgazmalari va yarmarkalari, ikkinchi bosqichda –xalqaro tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston,RespublikasiPrezidentining 2006 yil 5 yanvardagi Farmonida bu haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri shunday deyilgan: “Respublikaaholisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi”