Aytish joizki, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan farmonga muvofiq, ish bilan bandlikning ushbu shaklini rag‘batlantirish maqsadida bir qancha quyidagi imtiyoz va kafolatlar ko‘zda tutilgan
Aytish joizki, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan farmonga muvofiq, ish bilan bandlikning ushbu shaklini rag‘batlantirish maqsadida bir qancha quyidagi imtiyoz va kafolatlar ko‘zda tutilgan:
04
05
06
.
01
02
03
–tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilarga
buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab 2021 yil 1
yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga teng miqdorda, mehnatga haq to‘lash fondidan Yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod qilinadi;
–korxonalarga mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga korxonalar buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi beriladi/
korxona tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilarga korxona buyurtmasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun tekin foydalanishga berilgan asbob-uskuna, jihozlar va inventarlar ulardan foydalanish davrida mulk solig‘idan ozod etiladi;
–kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to‘liq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qo‘shimcha sertifikatlash hamda standartlash talab etilmaydi;
–mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi;
–kasanachilar faoliyati buyurtmachi-korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin.
.Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi quyidagi ijobiy jihatlar bilan tavsiflanadi:
– mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;
–turli sanoat tarmoqlarining qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlari eksportini ko‘paytirish va an’anaviy eksport salmog‘ini kamaytirish;
–samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;
-iqtisodiyotning real sektorida mamlakatimiz korxonalarining kooperatsiyasi
salohiyatidan yuqori darajada foydalanish;
–mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni zamonaviylash-
tirish va yangilarini tashkil etish hisobidan iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va h.k.