Научные исследования
и инновации в индустрии 4.0
I-
Республиканская научно
-
техническая конференция
(Ташкент,
13-15
марта
2022
года)
46
SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMI
Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna,
iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent Davlat Texnika
Universiteti,Toshkent shahri
Asimova Feruza Abdusattorovna,
Toshkent Davlat Texnika Universiteti, doktarant, Toshkent shahri
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan O‘zbekiston Respublikasi
uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yo‘nalishlarini
aniqlab olish kabi
muhim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” PF–4947-sonli Farmonida belgilab berildi [1].
Qayd
etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston
Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”
bo‘linmasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish
masalalariga
qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi.
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini
rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi.
Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan
bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir.
Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial
tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni
qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq
ishlar bevosita
investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini
taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya
faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda
ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham
investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni hisoblanadi [2].
Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv
samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida
innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish,
innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni
ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv
maqsadlari
daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori
samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion
rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi [3].
Научные исследования
и инновации в индустрии 4.0
I-
Республиканская научно
-
техническая конференция
(Ташкент,
13-15
марта
2022
года)
47
Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish samaradorligini
baholashda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, kadrlarni o‘qitish va
kvalifikatsiyasini oshirish xarajatlari hamda progressiv texnikalarning o‘rtacha
yillik
qiymat omillarini hisobga olgan holda aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.