Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


XI BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 


XI BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH 
 
Tayanch so’z va iboralar

Mehnatni tashkil etish mohiyati, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish 
mazmuni, vazifalari, asoslari, yo‘nalishlari, mehnatni ilmiy asosda tashkil 
qilishning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, MITQ xizmati 
tarkibi, vazifasi, tizimi, mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni tashkil 
etish

 
11.1. Korxonada mehnatni tashkil qilish mohiyati va axamiyati 
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob‘ekt va 
maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni 
rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta‘minlash 
demakdir. Agar ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllaridan chetga chiqiladigan 
bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotini har qanday bosqichida mehnat mavjud bo‘lganligi 
tufayli uni tashkil etish ham mavjud bo‘lgan. Ishlab chiqarish korxonalarida 
mehnatni tashkil etish jamiyatda mehnatni tashkil etishni asosiy elementlaridan 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning jamoa shakllari manufaktura va kooperatsiyalar vujudga 
kelganidan keyin mehnatni tashkil etish ayrim ijrochilargina emas balki ularning 
birgalikdagi faoliyatini tashkil etish uning eng muhim funktsiyalaridan biriga 
aylandi. Mehnatni tashkil etish mehnatning miqdor va sifat nisbatlaridan belgilash 
va ularga rioya qilish, ularni zamon va makonda muvofiqlashtirishni nazarda 
tutadi.
Mashinalashgan sanoat ishlab chiqarish mustaqil toifa bo‘lgan mehnatni tashkil 
etishga asos soldi. Bu toifa esa ishlab chiqarish jarayonida ob‘ektiv aloqalarni aks 
ettiradi, tegishli funktsiyalar va ularni bajaruvchilarni ajratib ko‘rsatadi. Agar ilgari 
ishlab chiqarish jarayoni aslida mehnat jarayoniga va ishlab chiqarishni tashkil 
etish - mehnatni tashkil etishga o‘xshash bo‘lsa endi ular ob‘ekt harakter va 
uslublariga ko‘ra, shakllari, funktsiyalari va ularni ijro etuvchilarga ko‘ra farq 


qiladi. Bunda mehnat vositalari xal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi, mehnatni tashkil etish 
shakllari va uning elementlari yanada rivojlanadi. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni 
muttasil va optimal ishlashni ta‘minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy 
texnika shart-sharoitlari o‘rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat 
jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq 
kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnatni me‘yorlash, mehnat 
intizomi, mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi, 
mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini 
oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir. 
Mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi mehnatni tashkil etishning asosi 
hisoblanadi. Ular har bir xodimning umuman mehnat jarayonidagi o‘rnini 
funktsiyalarini ko‘pincha qo‘llanilayotgan mehnat vositalari, asbob-uskunalar, 
xom-ashyo va materiallarga bog‘liq bo‘lgan funktsiyalari va vazifalarini, 
shuningdek, xodim mehnatiga, uning murakkabligiga va malakasiga qo‘yiladigan 
talablarni ham belgilaydi. 
Mehnat taqsimoti dastavval muayyan mehnat mahsulotini tayyoralash uchun 
zarur bo‘lgan ayrim ijrochilar mehnati o‘rtasidagi sifat jixatdan farqlarni aks 
ettiradi. Ammo mehnat taqsimoti ikkinchi tomondan, turli sifatga ega bo‘lgan 
mehnatni miqdor nisbatlarini ham belgilab beradi. Bu nisbatlar ishlab chiqarish 
hajmi, uning miqyoslariga bog‘liqdir. Turli sifat va miqdordagi mehnat o‘rtasidagi 
ko‘rsatib o‘tilgan muvofiqlikni aniqlash uchun mehnati sarflash me‘yorini bilish 
zarur. Bu me‘yor normalash yordamida nechog‘li aniq belgilangan bo‘lsa, mehnat 
operatsiyasi shu qadar samarali va mustaqil bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayoni va 
birgalikda qilinadigan mehnatni tashkil etish, belgilangan mehnat taqsimoti va 
kooperatsiyasiga amal qilishni ta‘minlaydigan qatiiy intizomni talab qiladi. Mehnat 
taqsimoti va kooperatsiyasi ishlab chiqarish protsessining mohiyati va harakteriga, 
qo‘llanilayotgan mehnat vositalariga ob‘ektiv bog‘liq bo‘lganiga tufayli mehnatni 
samarali tashkil etishning ob‘ektiv va zarur sharti bo‘lgan intizom ham muhim 
ahamiyatga ega. 


Mehnat va dam olish rejimi mehnat intizomitga amal qilinadigan umumiy 
shart-sharoitlarni va doiralarni vujudga keltiradi. Mehnat rejimi ish kunining 
boshlanishi va tugashi, uning qancha davom etishi, ovqatlanish vaqti, smena 
grafiglari, ish joylari va uchastkalariga xizmat ko‘rsatish tartibi, ish xaftasi va 
xaftalik dam olishning davom etishi, ish davomidagi ishlash va dam olish vaqti, 
navbatdagi mehnat otpuskalari, grafiklarni belgilaydi. 
Mehnat qo‘llanilayotgan asbob-uskunalar, materiallar harakteri bilan 
foydalaniladigan uslub va texnologiya bilan bog‘lik bo‘lgan muayyan sharoitda 
sodir bo‘ladi. Bu shart-sharoitlar xodimning o‘ziga ham uning mehnat samarasiga 
ham ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, me‘yor bo‘lmagan mehnat sharoiti ishchining 
o‘ziga, gavdaning turli organlariga nerv tizimiga salbiy ta‘sir ko‘rsatib, uning 
sog‘lig‘ini yomonlashtirish, uning barvaqt charchatib qo‘yishi mumkin. Normal 
qullay shart-sharoitini ta‘minlaydigan tadbir choralar xodimning qobiliyatini 
saqlaydi, mehnatni jozibali qiladi, shu tariqa jiddiy ijtimoiy vazifa mehnatning 
yashash vositasidan asta-sekin insonning birinchi xayotiy ehtiyojiga aylanishini 
ta‘minlaydi. 
Mehnat muhofazasi kishilarni ishlab chiqarish jarayonidagi turli elementlarni 
uskunalar, materiallar, ximikatlar, transport vositalar, qurilmalar va boshqalar 
ta‘siridan saqlaydi. 
Mehnatni muhofaza qilishning qoniqarli darajada bo‘lmasa mehnatni normal 
tashkil etishning izdan chiqaradigan ishlab chiqarish shikaslanishi sodir bo‘lishiga 
mehnat jarayonining uzulishiga ayrim xollarda esa uzoq vaqt to‘xtab qolishga olib 
kelishi mumkin. 
Mehnatni 
tashkil 
etish 
ongli 
intizomgagina 
emas, 
balki 
moddiy 
manfaatdorlikka asoslanadi. Bunda mehnatni shunday tashkil etish nazarda 
tutiladiki, ya‘ni dastavval kishilarning mehnat jarayonida ishtirok etish, tegishli 
kasb va malakalarni egallashi ta‘minlaydi, mehnat unumdorligini oshirish, ish 
vaqtidan yaxshirooq foydalanish rag‘batlantiriladi. 
Mehnatni tashkil etish malakali mutaxassis kadrlarga ham bog‘liq. Shuning 
uchun korxonada ishlovchilarning ma‘lumotiga katta e‘tibor berish kerak. Korxona 


ishlab chiqarish jarayonini yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ishchi xodimlarini 
o‘qitishlari lozim. Agarda ishlayotgan odam o‘qigan bo‘lsa, oliy yoki o‘rta maxsus 
malakaga ega bo‘lsa, u har qanday texnika va texnologiyani o‘zlashtira oladilar. Bu 
ishchilarning ish unumdorligi malakasi pastroq ishining ish unumdorligidan ancha 
yuqori bo‘ladi. 
Har bir inson bir soxada astoydil va e‘tibor bilan kundalik topshirilgan ish 
vazifasini qoyilmaqom qilib bajarish bilan bir qatorda, o‘z malakasini uzluksiz 
oshirish bilan shug‘ullanish natijasida misqollab to‘plagan tajribasini, o‘zini 
kundalik mehnat faoliyatida ishga solish natijasida har ishni, xizmatni boshqa bir 
soxada ishlayotgan kishiga nisbatan tez, yengil va sifatli bajarish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishni samaradorligini, tayyorlangan 
mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini oshirishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri ilg‘or ish uslublarini ishlab chiqarishga joriy qilishdir. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MITQ) - bu mehnat jarayoni tizimi bo‘lib, u 
fan va amaliyotda erishilgan yutuqlariga asoslanadi hamda mehnat unumdorligini 
oshirishga, mehnatni asta-sekin kishilarning birinchi hayotiy ehtiyojiga 
aylantirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tugallangan, barqaror tizim bo‘lib bo‘la olmaydi, 
chunki u konkret texnika bilan bog‘liq va shu texnikaning xususiyatlari, odamga, 
uning bilimi va madaniyatiga qo‘yadigan talablari bilan shartlangan bo‘ladi. 
Shunday qilib, mehnatni ilmiy tashkil qilishga uning uslublarini yangi texnikaga, 
yangi bilimlar va yangi tajribaga muvofiqlashtirish maqsadida mehnatni muttasil 
ratsionallashtirib borish jarayoni deb qarash kerak. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilish doimo shakllanish va rivojlanish jarayonida 
bo‘ladi. Uning ko‘p muammolari tadqiqotlarni yana davom ettirishni taqozo etadi. 
Bu chunonchi, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalashning, shu jumladan, 
mehnatni brigada bo‘lib, psixofiziologik jixatdan optimal shakllarini tanlashga, 
meoyorlarning og‘irligini belgilash va baholash uslublariga, meoyorlash ishlab 
chiqish va boshqalar taaluqlidir. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishga quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 


- mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash shakllarini tanlash; 
- mehnat usullarini takomillashtirish; 
- ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish; 
- mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat va dam olish rejimlarini oqilona tashkil 
etish; 
- ijodiy aktivlikni rivojlantirish va ongli mehnat intizomini tarbiyalash; 
- kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish; 
- mehnatni me‘yorlash va rag‘batlantirishdan iborat. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishdagi yo‘nalishlarning ko‘pligi mehnatning 
naqadar murakkab jarayon ekanligini bildiradi. Bunda mehnatni ilmiy tashkil 
qilishning asosiy vazifalariga, ya‘ni uning iqtisodiy, psixofiziologik va ijtimoiy 
vazifalariga amal qilinishi lozim. 
Iqtisodiy vazifalar texnikaning mavjud darajasida mumkin qadar maksimal 
mehnat unumdorligiga erishishdan iborat. 
Psixofiziologik vazifalar, sog‘lom mehnat sharoitini ta‘minlab berishdan, 
mehnatkashlar ish qobiliyatini saqlab qolish va davom ettirishdan iborat. 
Ijtimoiy vazifalar mehnatni asta sekin kishining birinchi hayotiy ehtiyojiga 
aylantirishdan iborat. Bu vazifalarning hammasi kompleks hal qilinishi lozim. 
Insonning mehnat faoliyati uning eng muhim hayotiy sharoitlariga bog‘liq. 
Shuning uchun mehnatni ilmiy tashkil qilish vazifalari inson tarixida hosil qilgan 
bilim va tajribalar asosida hal qilinadi. 
Mehnat jarayoni asosiy ommillarining xarakteri va mazmuni qandayligiga 
qarab mehnatni ilmiy tashkil qilishning asoslari quyidagicha bo‘linadi: iqtisodiy-
ijtimoiy asoslar, texnik-texnologik asoslari, psixologik asoslari. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Mehnatni ilmiy 
tashkil qilish asosiy iqtisodiy qonuni va mehnat unumdorligining o‘sish qonunini, 
va mehnatga qarab taqsimlash qonunini amalga oshiradigan asosiy vositalaridan 
biri bo‘lib xizmat qiladi. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishga iqtisodiy talablar bilan birga ijtimoiy talabalr 
ham asos bo‘ladi. Mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalashning ratsional 


shakllarini tanlash, ish joylari va mehnat sharoitini takomillashtirish, mehnatni 
qiziqarliroq, ijodiyroq qilishga, uni birinchi hayotiy ehtiyojga aylantirishga 
yordam beradi. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning texnik texnologiya asoslari. Mehnat 
jarayoning mazmuni va uning tashkil etilishi ishlab chiqarish texnikasi va 
texnologiyasining 
harakteriga 
bog‘liq. 
Mashinalar 
konstruktsiyasining 
takomillashuvi ham mehnatni tashkil qilishda o‘zgarishlarga olib keladi. Bunda 
ba‘zi bir xil kasblar kerak bo‘lmay qoladi, ba‘zilarda esa kasb vazifalari o‘zgaradi. 
Texnikadan to‘la foydalangan va mehnatni shu texnikaga qat‘iyan monand 
ratsional tashkil qilgan taqdirdagini ishlab chiqarish yuksak samarador bo‘lishiga 
erishiladi. Ravshanki, bunday vazifani hal qilish aniq texnikani ham mehnatni 
ilmiy tashkil qilishni ham bilishni talab etadi. Mashinalar esa ish vaqtini ham, 
odam energiyasini ham tejashni nazarda tutib, odamning imkoniyati, xizmat 
ko‘rsatish qulay bo‘lishini hisobga olib tuzilgan bo‘lish kerak. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning psixofiziologik asoslari. Mehnat 
unumdorligini yuksak bo‘lishini ta‘minlash uchun mehnatkashlar salomatligi va 
ish qobiliyati saqlanib turadigan sharoit yaratilishi kerak. Shuning uchun mehnatni 
ilmiy tashkil qilish uslublarini ishlab chiqishda mehnat fiziologiyasi va 
psixoologiyasi, sanitariyasi va gigiyenasi, ergonomika, injenerlik psixologiyasi, 
ishlab chiqarish estetikasi sohasidagi ilmiy yutuqlarga tayanib ish ko‘riladi. Odam 
o‘zining kasb vazifalarini bajarayotganda uning organizmidagi ro‘y beradigan 
psixofiziologik jarayonlarni o‘rganish mehnat qilish, hunar o‘rganish usullarini 
takomillashtirish, mehnat qilish, dam olish, tashqi muxit sharoitlarini 
ratsionallashtirish uchun ilmiy asoslangan amaliy takliflar tavsiya etish 
imkoniyatini beradi. Mehnat psixologiyasi va fiziologiyasi tadqiq etadigan 
jismoniy energiya sarfini me‘yorlash va uni o‘lchash usullari bo‘lmay turib, 
mehnatni ilmiy tashkil qilishning, mehnatni me‘yorlash va rag‘batlantirish singari 
muhim yo‘nalishlari chinakkam ilmiy asosda bo‘la olmaydi. Bu soxada ko‘p ilmiy 
ishlar qilinish kerak. 



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin