samarali ish vaqti fondi 1880 soat. Bir ishchining o‘rtacha yillik ish haqi 39500
so‘m. Tadbirni o‘tkazish uchun xarajatlar 110000 ming so‘m. Shartli-doimiy
xarajatlarning tannarxdagi ulushi 30%. O‘tkazilgan
tadbirning iqtisodiy
samaradorligini aniqlang.
3-masala.
Ish joyida bir mahsulotni tayyorlash bo‘yicha takomillashgan
texnologik jarayon asosida tayyorlashda mehnat sig‘imi T
x
-3.6 soatni,
haqiqatda
qo‘llanilayotgan texnologik jarayon bo‘yicha esa T
r
-5.5 norma\soatni tashkil etadi.
Soatli ishlab chiqarish unumdorligi takomillashgan
stanokda U
x
-35 dona,
haqiqatdagi stanokda U
r
-35 dona. Ushbu ma‘lumotlardan foydalangan holda ish
joyining takomillashgan texnika va texnologiya asosida
jihozlanish darajasi va
stanokning unumdorligi aniqlansin.
4- masala
. Sexda ikkinchi ixtisosni egallash bo‘yicha maxsus kurs ochildi. Ushbu
kursga 20 ta ishchi qatnashdi. Buning natijasida ya‘ni ikkinchi ixtisoslikni
o‘rganish natijasida 5 ta ishchini qisqaritirish imkoniyati yaratildi hamda ish haqi
fondi bo‘yicha iqtisodga erishildi. Korxonadagi ishchilar soni 800 kishi.
Kursda
o‘qitish uchun sarflangan harajatlar 15000 ming so‘m, ikkinchi ixtisoslikni qo‘shib
olib borishdagi qo‘shimcha to‘lov 50% (IXF) .
5-masala.
Ilg‘or ish usullarini o‘rganish kursida 10 ta slesar o‘qidi.
Slesarlarlarning ish me‘yorlarini bajarish foizlari 100 dan 115 %ga oshib, o‘rtacha
oylik ish haqi esa 200 ga oshdi (oldin 1800 ming so‘m keyin 2000 ming so‘m).
Kursda o‘qitish uchun sarflangan xarajatlar 5000 ming so‘mni tashkil etadi.
Korxonadagi umumiy ishchilar soni 50 kishi. Ushbu tadbirning iqtisodiy
samaradorligi aniqlansin.