9
Kqo’sh=K2 - K1
Kqo’sh= K2 - K1
1
2
Q
Q
Kqo’sh –
qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar,
so‘m.;
K2, K1 –
baza va loyihalashtirilayotgan yildagi
variantlar uchun zarur bo‘lgan
umumiy kapital
xarajatlari, so‘m.
Xulosalar
Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob‘ekt va
maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda
mehnat jarayonida ularni
rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta‘minlash
demakdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni
muttasil va optimal ishlashni ta‘minlash, ishlab chiqarish
ijrochilari va moddiy
texnika shart-sharoitlari o‘rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat
jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq
kerak. Bunda mehnat
taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnatni me‘yorlash, mehnat
intizomi,
mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari,
mehnat muxofazasi,
mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish
va ularning malakasini
oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir.
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga
ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun
kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta‘minlangan
maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi.
Ish
joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat
unumdorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta‘minlash
bilan
bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning
mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta‘minlashga
qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi – bu
mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar natijasi, ya‘ni
erishilgan iqtisodiy samaradorlikning jonli va o‘tmishdan mehnatga nisbatidir.
Dostları ilə paylaş: