Radikal – boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va
ishlab
chiqariladigan
mahsulot
raqobatbardoshligini
oshirish,
mehnat
unumdorligini
oshirish,
xarajatlarni
kamaytirish,
moliyaviy
natijalarni
yaxshilashga yo‘naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish.
Rivojlanishdan farqli ravishda korxonada ishlab chiqarishning o‘sishi
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarish va sotish hajmlarini ko‘paytirish orqali (geografik ekspansiya);
Vertikal – texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarishni tashkil
etish yoki birlashtirish orqali ta‘minotchi yoki iste‘molchiga yaqinlashtirish:
Diversifikatsiyalangan – turli ishlab chiqarishlarni bir konglomeratga
birlashtirish.
O‘sish korxona iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z
ichiga
shakllanish, o‘sish, yetuklik, pasayish, barqarorlashuv kabi davrlarni oladi.
Amaliyotda rivojlanish va o‘sish o‘zaro aloqadorlikda, bir – birini to‘ldirgan
holda maydonga chiqadi.
Biznes sohasida strategiya quyidagilar tarzida namoyon bo‘ladi:
– korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga erishish bo‘yicha tashkiliy–iqtisodiy
choralar tizimi;
– maqsad, imkoniyat va xodimlar imkoniyatlarini ta‘minlaydigan yo‘nalishlar
sifatida;
– asosiy maqsadga erishish uchun muammolarni va resursni belgilayligan harakat
dasturi;
– korxonaning raqobat ustunligiga erishishini ta‘minlaydigan
samarali ishchan
konsepsiya;
– maqsadga erishish vositasi;
– istiqbolni tadqiq etish;
– korxona faoliyatini boshqarish uslublari tizimi;
– korxona faoliyati uchun istiqbol yo‘nalishlar majmui.
Korxona miqyosida iqtisodiy strategiya mohiyati 4 ta muhim savolga
javobda namoyon bo‘ladi:
korxona hozir qanday iqtisodiy–moliyaviy holatda?
uning istiqboldagi istalgan va real holati qanday?
kuchli va zaif tomonlarni, xatar va imkoniyatlarni e‘tiborga
olgan holda
rivojlanishning qanday muqobil yo‘nalishlari mavjud?
tanlangan strategiyani qanday harakatlar, uslub va vositalar bilan amalga
oshirish mumkin?
Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy
bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni ko‘zda tutadi.
Korxonada strategik yechimlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
– korxona joylashadigan joyni tanlash;
– ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash;
– ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab
chiqarishni tashkil etishning shakllarini o‘zgartirish;
– innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish,
yangi mahsulot turlarini
yaratish, bozorlarga chiqish;
– korxonalarni qo‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazilishi.
Strategiyalarni shakllantirishda tadbirkorlikning quyidagi tamoyillariga rioya
qilish lozim:
– ijodiy yondashuv – yuzaga keladigan muammolarni ko‘ra olish qobiliyati;
– innovatsiya – texnika va texnologiyalardagi, mehnatni tashkil etish,
tovar va
bozor siyosatidagi o‘zgarish va yangilanishlarga tayyorlik;
– moslashuvchanlik;
– korxona faoliyatining barcha sohasini e‘tiborga olish;
– o‘zining kuchli tomonlarini rivojlantirish;
– strategiyani amalga oshirilish qobiliyati;
– samaradorlik;
– ichki ustunliklarni hisobga olish va xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish.