Respublikamizda so‘ngi yillarda kichik korxonalar tashkil etilishiga katta
e‘tibor berilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik
biznes sub‘yektlarti soni 2.3.–jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval.
Ro’yxatga olingan kichik biznes sub’yektlari soni.
3
Kichik biznes sub’yektlari
2017 yil
2018 yil
Jami
242379
276237
Jumladan:
kichik korxonalar
19231
20665
mikrofirmalar
223148
255572
Tashkiliy huquqiy shakliga ko‘ra quyidagi korxonalar tashkil etiladi:
Xususiy korxona
− bu mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va
boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona o‘z
mulkida alohida mol-
mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega
bo‘lishi
hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da‘vogar
va javobgar bo‘lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda
xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga
qarashli mol-mulk bilan
javobgar bo‘ladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat −
bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta‘sis
etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta‘sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan
miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan korxona.
Mas‘uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari
bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq
zarar uchun
o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: