Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

Unitar korxona- o
‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor 
tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. 
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, 
paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi 
mumkin emas. 


Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk 
bilan javob beradi. Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining majburiyatlari 
bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona 
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 
Har bir ishlab chiqarish korxonasi yagona ishlab chiqarish texnik organizm 
hisoblanadi, ya‘ni korxonaning ishlab chiqariladigan mahsulot maqsadining hamda 
uni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi. 
Korxonalar texnologik jihatdan bir turdagi sex yoki uchastkalardan 
(yigiruvchi fabrikalaridan yigiruv sexi) yoki texnologik jihatdan turli xildagi sex 
yoki uchastkalardan tashkil topishi mumkin (to‘qimachilik korxonalarining 
yigiruv, to‘quv va pardozlash sexlari). 
Korxonalarning yagona organizmga birlashtiruvchi muhim belgilardan biri 
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarning barcha asosiy bo‘linmalar uchun 
umumiyligi, joylashgan maydonning yagonaligi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish texnikaviy va tashkiliy-iqtisodiy 
birlik bilan xarakterlanadi: 
Korxonani xarakterlovchi asosiy belgilardan biri uni tashkil etuvchi tarkibiy 
qismlarining ishlab chiqarish texnikaviy birligidir. Korxonalarning ishlab chiqarish 
texnikaviy birligi uning barcha tarkibiy qismlarining bir- biri bilan ishlab 
chiqarish jarayonining ma‘lum ketma-ketlikda bajarilishiga qarab bo‘linganligi va 
bir-birini o‘zaro ta‘minlashini ifodalaydi. Har bir korxona bir qator tarkibiy 
qismlardan (sex, uchastkalar) dan iboratdir. Ularning har biri xom ashyoni tayyor 
mahsulotga aylantirish jarayonining ma‘lum funksiyalarini bajaradi va ular bir- biri 
bilan texnologik jarayonning bajarilish tartibiga va bir-birini ta‘minlash usullariga 
bog‘liq bo‘lib, ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini bajarishga qaratilgan. 
Tashkiliy-iqtisodiy birlik yagona boshqaruv organining, yagona ishlab 
chiqarish jamoasining mavjudligi, ma‘muriy jixatdan ajratilganlik, ishlab chiqarish 
rejasining uning bajarilishini ta‘minlovchi material, texnik, moliyaviy resurslar 
bilan o‘zaro bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. 



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin