mahsulotlar buyumning tayyor detallaridan o‘lchami va shakli bilan farq qiladi.
Qayta ishlash uchun beriladigan qo‘shimchalar juda katta bo‘lishi, korxonalarda
yarim tayyor mahsulotlarga kesish usuli bilan qayta ishlov beradigan yuqori
quvvatli mexanika sexlarini tashkil qilinishiga zarurat tug‘diradi. Yarim tayyor
maHsulotlarga bunday mexanik ishlov berish kam unumligi va mexanika sexi
korxona ishlab chiqarish tizimida katta hajmni egallashi ishlab chiqarish jarayonini
yarim tayyor maHsulot tayyorlash bosqichida texnika va texnologiyani
rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi.
Masalan, korxona ishlab chiqarish tuzilmasidagi mexanika sexlarini hajmini
yarim tayyor mahsulot (aniq quyma, svarka, qolip) ni ishlab chiqarishga ilg‘or
texnologiya va usullarni tadbiq etish hisobiga qisqartirish, yarim tayyor
mahsulotlarga ishlov berishga sarflangan vaqt miqdorini qisqartirish, har bir
detalni tayyorlash uchun material va xom ashyo sarfini kamaytirish yuqori
iqtisodiy samaradorlikni taominlovchi omillardir.
Korxonalarda tayyorlov bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish tizimida tayyorlov sexlari
nafaqat o‘rta va yirik hajmda, balki kichik korxonalar bo‘lishi mumkin. Kichik
korxonalardagi tayyorlov sexlaridagi dastgohlarning yuklanish koeffitsienti past
bo‘lib, tayyorlov sexlari esa, katta ishlab chiqarish maydonini egallaydi.
Yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirilgan zavodlarga
berish natijasida seriyali va ommaviy ishlab chiqarishga sharoit yaratiladi, bu esa
har bir korxonaga ishlab chiqarish tuzilmasida presslash, payvandlash, quyish
uchastkalarini qisqartirishga imkon beradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish yo‘llarini tahlil
qilish shuni ko‘rsatadiki, kelgusida korxonalar tayyorlov va asbobsozlik sexlari
bo‘lmagan hamda mexanika va tamirlash sexlari qisqargan ishlab chiqarish
tizimiga o‘tishlari lozim. Bu esa ishlab chiqarishning yordamchi va xizmat
ko‘rsatish jarayonlarida, ishlab chiqarish jarayonini tayyorlov va ishlov berish
bosqichlarida ishlovchilar sonini kamaytirishga imkon beradi. Bu o‘z navbatida
mahsulot tannarxini pasaytiradi, ishlab chiqarish rentabelligini va foydani oshiradi.
Dostları ilə paylaş: