Uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan
qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan,
jamiyatning
ta‘sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar
bo‘ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat
majburiyatlari bo‘yicha
javobgarligi, agar jamiyatning ta‘sis hujjatlarida
javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa,
boshqa
ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda
taqsimlanadi.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli
barcha mol-mulk bilan
javobgar bo‘ladi. Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob
bermaydi. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari
yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Xo’jalik shirkati
− muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga
(hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan
tijorat
tashkiloti.
Bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat
nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo‘linadi.
Aktsiyadorlik jamiyati
− ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan
majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi
aktsiyalarga taqsimlangan
xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini
amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: