Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə39/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Qisqa xulosalar.
Innovatsiya – ishlab chiqarishda yangi o ‘zlashtirilayotgan material,mahsulot yoki texnologiya hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish ishlab chiqarishning barqarorligini buzadi,lekin shu bilan birga yangi sharoitga o ‘tishga sharoit yaratadi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash iste’molchilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va realizatsiya qilish borasida jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqot bosqichining mazmuni ilmiy taraqqiyot qonunlarning nazariy asoslash bilan bog ‘liq ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar hisoblanadi. Ilmiy tadqqiqot ishchilari jamiyat, davlatning yangi funksiyalarini bajarish mahsulot yaratishga ehtiyoji paydo bo ‘lishi bilan bog ‘liq.
Ilmiy tadqiqot ishlari fundamental, izlanuvchan, amaliy tadqiqotlarga bo‘linadi.
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani loyihalashtirish bilan bog ‘liq bo ‘lgan ishlardan tashkil topadi.
Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish, texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi.
Birinchi etapda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g ‘inlari uchun texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks ettiriladi.


Nazorat savollari.

  1. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning mohiyati nimada?

  2. Ishlab chiqarish konstruktorlik tayyorlash qanday bosqichlardan tashkil topadi?

  3. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan maqsad nima?

  4. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni qanday usullari mavjud?

  5. Yangi yaratilgan texnika vositalari qiymati qanday aniqlanadi?

  6. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni qanday xizmat bo ‘limi amalga oshiradi.

  7. Texnik tayyorlash mehnat sig ‘imini hisoblash uchun qanday usullar qo ‘llaniladi?

  8. Ishlab chiqarishni tayyorlash ob’yekti nima?

  9. Loyihalashtirilayotgan texnologik jarayonlar qanday hujjatlarda aks ettiriladi?

  10. Kapital xarajatlarni qoplash muddati.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin