Mehnatni tashkil qilish (организация труда) - mehnat jarayoni boshlanishшdan oldin ob’ekt va maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta’minlash.
Oqimli tizim ritmi (ритм поточной линии) – rejali davrdagi ish vaqti fondining tovar ishlab chiqarish dasturlariga (N) bo ‘lgan nisbati yoki potokning bosh chiziqlari unumdorligiga bo ‘lgan nisbati.
Oqimli tizim (поточная линия) –texnologik jarayon yo ‘nalishida joylashgan va aniq biriktirilgan operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o ‘rinlari yig ‘indisidir.
Partiya (партия) – ishlab chiqarishga bir vaqtda kiritiladigan detallar miqdoridir.
Uzatish jarayoni ( процесс передачи)– yuklarning geometrik shakli, o ‘lchovlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko ‘chirish operasiyalari yig ‘indisi tushuniladi.
Uzluksiz tizim (непрерывный поток) – alohida ish joylarini va mashinalarning vaqt bo ‘yicha ishining muvofiqlashtirilishi, operasiyalarning sinxronligi, jihozlar va ishchilar ishining uzluksizligi, ish joylarida mehnat predmetining to ‘xtovsiz harakati, ishlab chiqarishning bir me’yorda bo ‘lishi va ritmligi bilan xarakterlanuvchi potok chizig ‘i.
Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimii (ROT)( система планово предупредительного ремонта) -ta’mirlash ishlarini tashkil qilishning progressiv shakli bo ‘lib o ‘z ichiga jihozlarni ishiga layoqatli holatda saqlashga yo ‘nalgan tashkiliy texnik tadbirlarni oladi.
Rejalashtirish funktsiyasi (функция планирования)– tashkilot uchun maqsadlarni tanlash, ularga erishish uchun nimalar qilish zarurligi haqida boshqarish qaror va yechimlarini qabul qilish jarayonidir.
Transportirovka jarayoni (транспортировка) - yukni yuklagan joydan talab etilgan joygacha ma’lum bir marshrut bo ‘yicha eltish operasiyalari yig ‘indisidir.
“Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining predmeti (предмет курса “Организация производства на промышленных предприятиях” ) – xo ‘jalik ishlab chiqarish faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va turlari, kam mehnat, moddiy va pul resurslari sarflagan holda, yuqori ko ‘rsatkichlarga erishishga imkon beruvchi ish uslublarini ishlab chiqishdir.
Sex (цех)- korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab chiqarishning ma’lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ jihatdan chegaralangan bo ‘limi.