Innovatsiya (инновация)– ishlab chiqarishda yangi o ‘zlashtirilayotgan material,mahsulot yoki texnologiya hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash (подготовка производства) iste’molchilarning o ‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va realizatsiya qilish borasida jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash (технологическая подготовка производства) -bu o ‘rnatilgan davlat standartlari (andozalari) va sifatning texnik sharoitlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni korxonada ta’minlovchi o ‘zaro bog ‘langan ilmiy texnik jarayonlar majmui.
Ishlab chiqarish turlari (виды производства)-doimiy nomenklatura asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari va omillari birliginining xususiyatlari va tashkiliy-texnik, iqtisodiy tavsiflarining yig ‘indisi.
Ishlab chiqarishning yakka tartibli metodi (единичный метод производства) - ma’lum vaqt oralig ‘ida takrorlanadigan yoki hech qachon takrorlanmaydigan yagona nusxada keng nomenklaturada mahsulot ishlab chiqarish metodi.
Ishlab chiqarish topshirig ‘i (производственное задание) – vaqt birligi ichida potokning quyi bo ‘g ‘inlarida (yordamchi chiziqda) ishning to ‘xtovsiz olib borilishini yoki yuqori bo ‘g ‘inga berilgan ishlab chiqarish hajmini (bosh chiziq yoki bosh mashina) bajarilishini ta’minlash uchun ishlov berilishi kerak bo ‘lgan mehnat predmetlari miqdori.
Korxona (предприятие)– huquqiy shaxs huquqiga ega bo ‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo ‘jalikni to ‘la yuritish huquqi bo ‘yicha o ‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotiladigan yoki mahsulotni ayira boshlagan, ishlarini bajaradigan, xizmat ko ‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o ‘z faoliyatini ro ‘yobga chiqaradigan mustaqil xo ‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasi ( производственная структура предприятия) - tizim "kirishi"ni, biznes - rejada bajarilishi kerak tayyor mahsulot parametrlarini ya’ni "chiqishi" ni qayta ishlashini ta’minlaydigan asosiy yordamchi va xizmat ko ‘rsatuvchi bo ‘linmalar yig ‘indisi.