Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Ilmiy tadqiqotlar o ‘tkazish mohiyati, ma’nosi va maqsadi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə37/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Ilmiy tadqiqotlar o ‘tkazish mohiyati, ma’nosi va maqsadi.

Ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqot bosqichining mazmuni ilmiy taraqqiyot qonunlarning nazariy asoslash bilan bog ‘liq ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar hisoblanadi. Ilmiy tadqqiqot ishlari jamiyat, davlatning yangi funksiyalarini bajarish mahsulot yaratishga ehtiyoji paydo bo ‘lishi bilan bog ‘liq.
ITI fundamental, izlanuvchan, amaliy tadqiqotlarga bo‘linadi.
Fundamental taqiqotlar natijasi bo ‘lib umumiy bilimlarning tabiat va jamiyat qonunlarini o‘rganish yo‘li bilan yig ‘ishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotning turli sohalarini jahon amaliyotida qo ‘llanilmagan yangi texnik yechimlar, kashfiyotlar paydo bo ‘ldi.
Izlanuvchanlik - ilmiy-tadqiqot ishlari fundamental tadqiqotlar natijalaridan amaliy tadqiqotlarda foydalinish imkoniyatini o‘raganish maqsadida olib boriladi.
Amaliy tadqiqotlar va tajriba konstiruktorlik ishlari izlanuvchan ilmiy tadqiqotlar ishlaridan so ‘ng amalga oshiriladi. Ular aniq dasturga, aniq madsadga, iqtisodiy hisoblar va bajarish muddatiga ega.
Ilmiy tadqiqotlar amalga oshirish ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlar, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, fanlar akdemiyasi ilmiy muassasalari, korxonalar ilmiy tadqiqotlar bo ‘limlari. Korxonaning ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi asosiy tuzulmaviy bo ‘g ‘ini bo ‘lib texnik laborotoriyalar hisoblanadi. Yangi mahsulotni yaratishning muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida yangi texnika yaratish va o‘zlashtirishning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi ishlab chiqarishni texnik tayyorlash tizimini joriy etish hisoblanadi
Ishlab chiqarishni tayyorlashning ob’yekti bo ‘lib, yangi mahsulot va uni ishlab chiqarish texnologiyasi hisoblanadi.
Texnik rivojlantirish fan-texnika taraqqiyotiga suyanib amalga oshiriladi va ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy qilish, progressiv texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg ‘or shakllarini joriy qilishda ko ‘rinadi.
Xo ‘jalik yuritishning yangi shakllari kengayib borayotgan bir davrda korxonalarning texnik qayta tayyorlash ishlarini (tadbirlarini) korxonaning o‘z mablag ‘i hisobiga va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshirish imkoniyatlari kengayib bormoqda.
Lekin, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilishga qaratilgan yirik tadbirlarni amalga oshirish korxona faoliyatining iqtisodiy ko ‘rsatkichlarini vaqtinchalik kamaytirishga olib keladi. Buning natijasida bu yangi tadbirlarni amalga oshirish sustlashadi.
Korxonalarda texnik rivojlanishni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqarishdagi asosiy kamchiliklarini ko ‘rib chiqaylik.
Eng avvalo, korxonalarning yangi texnikani joriy qilishdan joriy manfaatdorliklari, perspektiv manfaatdorlikdan ko ‘ra yuqoriroq bo ‘ladi.
Yangi texnikani joriy qilish rejalari ko‘p hollarda ishlab chiqarishni kompleks rivojlantirish rejalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan, faqat alohida stanok yoki yangi texnologiyani joriy qilish bilan cheklanadi. Bundan tashqari, korxonalarning texnik qayta qurishga ajratgan mablag ‘i jahon darajasiga chiqish uchun yetarli emas. Ana shu kamchiliklarni yo‘qotish uchun texnik rivojlanishni boshqarish quyidagilarni ko ‘zda tutadi:

  • Ishlab chiqarishning texnik darajasini prognoz qiluvchi doimiy informatsion bazani tashkil etish.

  • Korxonalarda, ilmiy tashkilotlarda, birlashmalarda, umumiy ilmiy texnik siyosatni olib borishni kuzda tutvchi reja ( topshiriq) xujjatlar tizimini xo ‘jalik mexanizmini ishlab chiqarish bugunlarini ishlab chiqarishning texnik darajasini doimiy ravishda olib oshirib borishda manfaatdorligini oshirish.

  • Korxonalarda texnik qayta qurish barcha texnologik sikl bo ‘yicha amalga oshirilishi lozim.

Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tayyorlash faoliyatini quyidagi asosiy yo ‘nalishlarni ajratish mumkin:

  1. Ishlab chiqarishga yangi mahsulot va texnologik jarayonlarni joriy qilish;

  2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va texnologik jarayonlarni modernizasiya qilish;

  3. Yangi iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy tuzilma hamda mexanizmlarni yaratish, ishlab chiqarishni takomillashtirishning turli tadbirlarini ishlab chiqish.

Ishlab chiqarishni tashkil etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- ilmiy tadqiqotlar bosqichi;
- ishlab chiqarishni texnik tayorlash bosqichi.
Ilmiy tadqiqotlar bosqichining mazmunini fan texnika yutuqlarini nazariy jihatdan asoslash maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish, ixtirolar qilish tashkil etadi. Ushbu bosqich quyidagi tadqiqotlarni qamrab oladi: fundamental, izlanuvchan va amaliy.
Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi ixtirolar qilinadi, izlanuvchanlik tadqiqotlarida fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlari o ‘rganiladi. Amaliy tadqiqotlar esa loyiha konstruktorlik ishlari bilan uyg ‘unlikda olib boriladi va aniq maqsad, reja hamda muddatni ko ‘zda tutadi.9



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin