Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


VIII- BOB. TA’MIRLASH XO ‘JALIGINI TASHKIL ETISH



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə45/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

VIII- BOB. TA’MIRLASH XO ‘JALIGINI TASHKIL ETISH




Tayanch so ‘z va iboralar.
Ta’mirlash xo ‘jaligi maqsadi, vazifasi, ROT tizimi, kichik, o‘rta, kapital ta’mirlash, ROT normativlari, ta’mirlovchi ishchilar soni, ta’mirlash ishlari hajmi.


8.1 Ta’mirlash xo ‘jaligini tashkil etish vazifalari, funksiyalari,shakllari.
Mexanizasiyalashtirish yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sharoitida korxonaning faoliyat natijasi ishlab chiqarish vositalarining holatiga bog ‘liq bo‘ladi. Chunki, jihozlarning nosozligi natijasida paydo bo‘ladigan uzilishlar (tanaffuslar) ishlab chiqarish siklining uzayishiga, mahsulot sifatiga, bergan hajmiga salbiy ta’sir ko ‘rsatadi.
Jihozlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ular moddiy va ma’naviy eskiradi. Buning natijasida uning texnik iqtisodiy ko ‘rsatkichlari o‘zgaradi: quvvati pasayadi, unumdorligi va aniqligini kamaytiradi. Ana shularni hisobga olib, jihozlarni yaxshi ish sharoitida ushlab turish uchun doimiy ravishda texnik xizmat ko ‘rsatish va ta’mirlash ishlarini yo‘lga qo ‘yish lozim. Bu ishlarni tashkil qilish uchun korxonada ta’mirlash xo‘jaligi tashkil etiladi.
Ta’mirlash xo‘jaligi – jihozlar holatini nazorat qilish, xizmat ko‘rsatish,ta’mirlash bilan bog ‘liq tadbirlar majmuasini amalga oshiruvchi umumkorxona va sex bo‘linmalaridir
Ta’mirlash xo‘jaligi ham mustaqil faoliyat ko ‘rsatuvchi bo ‘lim bo‘lib, uning tarkibiga asosiy va yordamchi uchastkalar kiradi.
Asosiy uchastka bo‘lib mexanika (stanochniy), tayyorlov, slesarlik, yig ‘uv, termik, sinov uchastkalari hisoblanadi.
Yordamchi bo‘limlarga esa metall zaxiralar, zaxira qismlarni saqlash ombori, instrument tarqatuvchi bo‘lim va boshqalar kiradi.
Ta’mirlash xo‘jaligining ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlari, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga, sexlardagi jihozlarga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga bog ‘liqdir.
Ta’mirlash xo ‘jaligining vazifalari:

  1. Jihozlarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashning ratsional tizimlarini tashkil etish.

  2. Jihozlardan foydalanish muddatini oshirish maqsadida jihozlardan foydalanish madaniyatini oshirish.

  3. Ta’mirlash ishlarining mehnat sig ‘imi hamda tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish.

  4. Jihozlarni modernizatsiya qilish.

Ta’mirlashni tashkil etish uslublari:

  • Talab bo‘yicha ta’mirlash-jihozlar tasodifiy ishdan chiqqanda amalga oshiriladi

  • Defekt vedomosti bo ‘yicha ta’mirlash -jihozlar davriy ko‘rikdan o ‘tkaziladi va defekt vedomosti tuziladi

  • ROT yoki TXK (texnik hizmat ko ‘rsatish) - reja asosida profilaktik nazorat va ta’mirlash

Ta’mirlash ishlarini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash. Markazlashgan tizim barcha ta’mirlash ishlari va xizmat ko ‘rsatishni markazlashgan ta’mirlash mexanika sexi kuchi bilan amalga oshirishni ko ‘zda tutadi. Ushbu sex korxona bosh mexanikiga bo ‘ysunadi.
Markazlashmagan tizimda barcha ta’mirlash ishlari sexdagi ta’mirlash uchastkalari kuchi bilan bajariladi. Ushbu bo ‘linmalar sex mexanigiga bo ‘ysunadi.
Aralash tizimda kapital ta’mirlashlar markaziy ta’mirlash mexanika sexlarida, boshqa turdagi ta’mirlash ishlari sexdagi ta’mirlash bo‘linmalari yordamida bajariladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin