Qisqa xulosalar.
Asbob uskuna xo ‘jaligining asosiy vazifalari:
korxonaning turli xil texnologik moslamalarga bo ‘lgan ehtiyojini aniqlash,
har bir ish joyini zaruriy miqdorda sifatli uskuna bilan ta’minlanishini tashkil etish,
kerakli miqdordagi asbob uskunalar zapasini tashkil etish, ularni saqlash,
mahsulot birligiga to ‘g ‘ri keladigan asbob uskuna sarfini va tannarxini doimiy ravishda pasaytirib borish.
Asbob uskuna xo ‘jaligining tarkibiga quyidagi bo ‘limlar kiradi:
yangi, maxsus instrumentlarni tayyorlovchi hamda murakkab texnologik uskunalarni ta’mirlashini amalga oshiruvchi instrumental sex;
asosiy ishlab chiqarish sexlari tarkibiga kiruvchi asbob va uskunalarni ta’mirlash qilish bilan shug ‘ullanuvchi asbob uskuna uchastkalar;
tiklash ustaxonalari;
asbob uskunalarni saqlash va uzatish bilan shug ‘ullanuvchi kladovkalar,
asbob uskunalarni saqlash omborxonasi.
Ishlab chiqarish instrumentlariga bo ‘lgan talabni rejalashtirish ikki tizimga asosan olib boriladi: buyurtmaga va omborxonaga (tizim max – min).
Nazorat savollari.
Asbob uskuna xo ‘jaligi qanday vazifalarni bajaradi?
Asbob uskuna xo ‘jaligi tarkibiga qanday bo ‘limlar kiritiladi?
Texnologik uskunalarni klassifikatsiyalash va indeksatsiyalashtirish qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
Asbob uskunalar sarfi yillik fondini qanday usullarda hisoblanadi?
Asbob uskuna talabini rejalashtirishning max – min tizimining mohiyati nimadan iborat?
Buyurtma nuqtasi nimani ko ‘rsatdi?
Asbob uskunalarga yillik talab qanday aniqlanadi?
Maksimal zaxira qanday aniqlanadi?
Buyutma partiyasi qanday aniqlanadi?
Indekslarning qanday turlari mavjud?
Test savollari:
1. Asbob uskunalarni indekslashning qanday turlarni bilasiz?
a) O'nlik tizim, xarfli tizim.
b) Xarifli tizim, sinfiy tizim, indekslar.
c) O'nlik tizim, xarfli tizim, aralash tizim.
d) Xarfli, aralash.
2. Buyurtma nuqtasi nimani ko'rsatadi?
a) Asbob uskunaning unga buyurtma berish zarur bo'lgan miqdorini ifodalaydi.
b) Asbob uskunaga buyurtma berish vaqtini ko'rsatadi.
c) Asbob uskunaga buyurtma berish intervalini ko'rsatadi.
d) Asbob uskunalarni keltirish vaqtini ko'rsatadi.
3. Asbobning yillik (kvartallik, oylik) sarfi hamda formula orqali hisoblanadi?
m – rejalashtirilayotgan yilda ishlab chiqarish dasturi bo'yicha ushbu instrument yordamida ishlov
beriladigan detallar soni, dona,
tm – bir detalp operasiyaga sarflanadigan mashina vaqti, soat,
tv - instrumentlarning tasodifan ishdan chiqishini hisobga oluvchi koeffitsient
a) Au = [teyil (1 - n)]/Ntm
b) Au = Ntm*[teyil (1 + n)]
c) Au = Ntm/[teyil (1 +n )]
d) Au = Ntm/[teyil (1 - n)]
4.Uskunalarni max zapaslari qanday aniqlanadi?
a) Qmax=Qay-Qmin
b) Qmax=2*Qay+Qmin
c) Qmax=2*Qay-Qmin
d) Qmax=Qay*Qmin
5.Texnologik asbobning yillik sarf fondi hisobi qanday usullar bilan amalga oshiriladi?
a) o'tgan davr statistik maolumotlar bo'yicha, yeyilish me’yori bo'yicha;
b) yeyilish me’yori bo'yicha;
c) yeyilish me’yori bo'yicha, namunaviy uskuna usuli, o'tgan davr statistik ma’lumotlar bo'yicha;
d) yeyilish me’yori bo'yicha, namunaviy uskuna, analitik usul;
Dostları ilə paylaş: |