Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


- BOB. KORXONADA ASBOB USKUNA XO‘JALIGINI TASHKIL ETISH



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə41/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

7- BOB. KORXONADA ASBOB USKUNA XO‘JALIGINI TASHKIL ETISH




Tayanch so ‘z va iboralar.
Asbob uskuna xo‘jaligi tarkibi, vazifasi, texnologik uskuna, indeksatsiyalash, klassifikatsiyalash, asbob - uskunaga bo ‘lgan ehtiyoj, buyurtma berish tizimi, buyurtma nuqtasi, “max” zahira,” min” zahira.
7.1.Sanoat korxonalarida asbob uskuna xo ‘jaligining ahamiyati va vazifalari.
Ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatlari davomida juda ko‘p turdagi instrument va texnologik jihozlardan foydalanadilar. Ish joylarining ana shu instrument va uskunalar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishi va ularning takomillashganlik darajasi asosiy ishchilarning mehnat unumdorligiga, mahsulot sifati va tannarxiga korxonaning bir me’yorda ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan, mexanizasiyalashtirilgan yangi texnologiyani keng joriy qilish asbob uskuna va texnologik uskunalarning sifati, chidamliligi, aniqliligi kabi ko ‘rsatkichlariga yuqori talablar qo‘yadi.
Texnologik uskuna-texnologik jarayonning belgilangan qismini bajarish uchun texnologik jihozlarga biriktiriladigan ishlab chiqarish qurollaridir. Masalan, turli xil asbob uskunalar, plastmassalar, shtamplar, press-shakllar, nazorat qilish vositalari.
Texnologik uskuna va asbob uskunalar ixtisoslashtirilgan korxonalar va korxonalar tarkibiga kiruvchi asbob uskuna sexlarda ishlab chiqariladi.
Asbob uskuna xo ‘jaligining asosiy vazifalari:

  • korxonaning turli xil texnologik moslamalarga bo ‘lgan ehtiyojini aniqlash;

  • har bir ish joyini zaruriy miqdorda sifatli uskuna bilan ta’minlanishini tashkil etish;

  • kerakli miqdordagi asbob uskunalar zapasini tashkil etish, ularni saqlash;

  • mahsulot birligiga to ‘g ‘ri keladigan asbob uskuna sarfini va tannarxini doimiy ravishda pasaytirib borish.

Asbob uskunalar xo ‘jalikning tarkibiga quyidagi bo ‘limlar kiradi:

  • yangi, maxsus instrumentlarni tayyorlovchi hamda murakkab texnologik uskunalarni ta’mirlashini amalga oshiruvchi instrumental

  • sex;

  • asosiy ishlab chiqarish sexlari tarkibiga kiruvchi asbob va uskunalarni ta’mirlash qilish bilan shug ‘ullanuvchi asbob uskuna uchastkalar;

  • tiklash ustaxonalari;

  • asbob uskunalarni saqlash va uzatish bilan shug ‘ullanuvchi kladovkalar,

  • asbob uskunalarni saqlash omborxonasi.

Asbob uskuna sexlarning hajmi va soni ishlab chiqarish turiga, ishlab chiqaradigan mahsulot hajmiga, konstruktiv-texnologik xususiyatlariga bog ‘liq.
Asbob uskuna sexlari ixtisoslashtirilgan hamda kompleks sexlar bo ‘lishi mumkin.
Texnologik uskunalarni ishlab chiqarish, rejalashtirish va ulardan foydalanishni takomillashtirish uchun ularni ma’lum bir belgilarga ko‘ra, klassifikasiyalashtirish lozim. Foydalanish xarakteriga ko ‘ra uskuna yoki asboblar standartlashtirilgan va maxsus bo ‘lishi mumkin.
Standart asbob uskunalar parametrlari bo ‘yicha davlat standartiga mos keladi va bir qancha korxonalar esa alohida detalga ishlov berishda biron bir operasiyani bajarish uchun qo ‘llaniladi.
Ishlab chiqarishda ishtirok etishiga ko‘ra, asbobva uskunalar sinflarga (qirquvchi, o‘lchovchi, yordamchi instrument, shtamplar, moslamalar, press shakllar) guruhlarga, turlarga ajratiladi.
Asbob uskuna xo ‘jaligini samarali tashkil etishning muhim omillaridan biri ularni klassifikatsiyalash va indeksatsiyalash hisoblanadi. Bu ayniqsa, ushbu uskunalarnilarni saqlash va ish o ‘rinlariga yetkazishda muhim ahamiyatga ega bo ‘lib, turli xildagi uskunalarni bir tizimga guruhlash imkonini beradi.
Klassifikatsiyalash yo‘li bilan barcha instrument va uskunalar konstruktiv xususiyatiga ko‘ra, klasslarga, podklasslarga, gruppalarga va podgruppalarga hamda turlarga ajratiladi.
Masalan:
Klass (sinf): kesuvchi asbob,
Podklass: kesuvchi asbob, kesgich, parma, frua,
Gruppa: asbob xarakteri va foydalanishni belgilovchi, tokarlik kesgichlari, teskesar kesgichlar va x.k.,
Podgruppa: instrument xarakterini belgilovchi; shiluvchi,
Turi: instrument konstruksiyasi bo ‘yicha.
Klassifikatsiyalash bilan bir qatorda indeksatsiyalash ham amalga oshiriladi. Indeksatsiyalashning mohiyati shundaki, har bir uskuna turiga shartli belgi-indeks qo ‘yiladi.
Indeksatsiyalashning 3 xil turi qo ‘llaniladi: o ‘nlik, harflik, aralash.
O ‘nlik tizimda klasslar, podklasslar, gruppalar raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni har bir klass 10 ta podklassdan, podklass – 10 ta gruppadan va boshqalar.dan iborat bo ‘ladi.
Ushbu tizim texnik uskunalarga talabni rejalashtirishda kompyuterlardan foydalanishni yengillashtiradi. Harfli tizimda sonlar o ‘rniga instrument nomi yoki xarakteristikasining boshlang ‘ich harfi qo‘llaniladi. Aralash tizimda indeksatsiyalashda harflar va raqamlardan birdaniga foydalaniladi. Bu yerda bir nechta boshlang ‘ich belgilar harflar bilan, qolganlari esa sonlar bilan belgilanadi.
Maslan: 16x25 o ‘lchamli avtomat kesgich quyidagi raqamli indeksga ega:

  1. 52 11 11 - klass

-------------------- bu yerda 52 – podklass
1 – 16 x 25 11 – gruppa
maxrajda instrument o ‘lchami ko ‘rsatilgan.

Aralash tizimda esa:


RA – 211 bu yerda R- klass
-------------------- A – podklass
1 - 16 x 25 211 – gruppa.

Texnologik uskunalar nomenklaturasining ortiqcha kengayib ketishining oldini olish maqsadida asboblarni normallashtirish bo ‘yicha ishlar olib borishni talab etadi. Natijada instrumentlarni texnologik tayyorlashga sarflangan vaqt qisqaradi, sifati yaxshilanadi va tanlab olish qulaylashadi. Instrumentlarni (asbob-uskunalarni) normalizatsiyalash asosida universal – yig ‘ish moslamalarini qo ‘llash keng tarqalgan. Ularni qo ‘llashda faqat bir operasiyada ishlaydigan uskunalar o ‘zaro almashtiriladigan, normallashtirilgan detallar bilan almashtiriladi va zarur paytda ulardan turli moslamalar tayyorlanadi. Ish tugagach ular qayta qismlarga ajratilib ish uskuna uchun foydalaniladi.





Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin