Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi mohiyati va normativlari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə46/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

8.2. Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi mohiyati va normativlari.
Ta’mirlash xo‘jaligining oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilish rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimini joriy qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
ROT tizimi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini ta’minlashga qaratilgan ta’mirlash va xizmat ko ‘rsatish tadbirlarining yig ‘indisi. Bu jarayonlar oldin ishlab chiqarilgan rejalar asosida profilaktik ravishda amalga oshiriladi.
ROT tizimi birinchi marta sobiq SSSRda ishlab chiqarilib, joriy etilgan, keyinchalik boshqa chet el davlatlarida ham qo‘llanila boshlagan. Qo‘llanish doirasiga ko‘ra ROT tizimining uch xil turi mavjud:

  1. Kuzatishlardan keyingi ta’mirlash. Bunda ta’mirlash turi mazmuni va muddati doimiy kuzatishlar asosida belgilanadi. Bu tizim ko‘proq yirik, og ‘ir va unikal jihozlarning ta’mirlashida, vaqti-vaqti bilan ishlaydigan jihozlarda qo ‘llaniladi.

  2. Standart ta’mirlashlar tizimi asosida belgilab qo‘yilgan muddatda, doimiy ishlaydigan jihozlarning ta’mirlashi yotadi.

  3. Davriy ta’mirlash esa ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda jihozlarning ish bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lganda qo‘llaniladi. Ushbu tizim ko ‘proq mashinasozlikda qo ‘llaniladi.

ROT tizimi o ‘z ichiga quyidagi ishlarni oladi:
1. Jihozlarga ta’mirlashlar orasida xizmat ko ‘rsatish;
2. Jihozlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib, turli profilaktik operasiyalar amalga oshirish;
3. Turli ta’mirlash turlarini amalga oshirish.
Ta’mirlashlar orasidagi xizmat ko‘rsatish jihozlarni kundalik kuzatib, kichik nosozliklarni vaqtida yo‘qotib borishdir (jihozlarning tozaligini saqlash, stanok qismlarini yog ‘lab turish).
Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turuvchi ta’mirlash ishlari ta’mirlash brigadalari tomonidan amalga oshirilib bunda stanokning ba’zi bir butunlari sozlash, stanokning zaruriy joylarini yuvib tozalash, yog ‘ini almashtirish kabi operasiyalar bo ‘ladi. Bundan tashqari stanokni tekshirib, mavjud nosozliklar aniqlanadi, navbatdagi ta’mirlash muddati va hajmi belgilanadi.
Jihozlarni ta’mirlashning uch xil turi ajratiladi:

  1. Kichik ta’mirlash – jihozlarni tez almashtiriladigan qismlarni almashtirish, kichik nosozliklarni tugatish, jihozlarning mexanizmlarini regulirovka qilishdan iborat.

  2. O‘rta ta’mirlash – jihozlarni qismlarga ajratib ayrim yeyilib ishdan chiqqan qismlarini almashtirish, uning unumdorligini tiklash.

3. Kapital ta’mirlash – rejali ta’mirlashning eng katta turi bo ‘lib, bunda jihozlarni turligicha qismlarga ajratib, undagi barcha nosozliklarni yo ‘qotish, yog ‘lash va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Kapital ta’mirlash natijasida jihozlarning boshlang ‘ich xususiyati to ‘lig ‘icha tiklanadi.
Ta’mirlashlar orasidagi xizmatlar ko ‘rsatish, davriy kuzatishlar va o ‘rta ta’mirlashlar korxonaning joriy xarajatlari hisobiga amalga oshiriladi va xizmatlarning tannarxiga kiritiladi.
Kapital ta’mirlash va modernizatsiya amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
1. ROT tizimi asosida turli ta’mirlash ishlarining tartibi va bajarish muddatini belgilovchi normativlar yotadi: ta’mirlash sikli, ta’mirlashlar orasidagi davr, kuzatishlar oralig ‘idagi davr, ta’mirlashning murakkablik kategoriyasi, jihozning ta’mirlashda turib qolish davri, ta’mirlash ishlarining mexanik sig ‘imi normasi.

  1. Ketma-ket kapital ta’mirlash orasidagi davr ta’mirlash sikli deyiladi. Ana shu davr mobaynida amalga oshiriladigan kuzatishlar, kichik va o ‘rta ta’mirlashlar ketma-ketligi, ta’mirlash siklining tuzilmasi deyiladi. Ta’mirlash sikli tuzilmasi ma’lum bir turdagi jihozlar uchun yagona tarzda belgilanadi. Masalan: og ‘irligi 10 tonnagacha bo ‘lgan yengil va o ‘rta metall qirqish stanoklari uchun ta’mirlash sikli quyidagicha bo ‘ladi.

T - K - M - K - M - K – O ‘ - K - M - K - M - K – O ‘ - K - M - K - M - K - T
T – kapital ta’mirlash – 2
O ‘ – o ‘rta ta’mirlash – 2
M – kichik ta’mirlash – 6
K – kuzatish – 9
Press jihozlar uchun esa ta’mirlash sikli quyidagicha:

  1. gidravlik presslar uchun:

T-K-K-M,-K-K-M2-K-K-M3-K-K-O ‘1-K-K-M4-K-K-M5-K-K-M6-K-K-K-T
T-1, O ‘-1, M-6, K-16

  1. Mexanik presslar uchun:

T-K-K-M,-K-K-M2-K-K-O ‘1-K-K-M3-K-K-M4-K-K-M5-K-K-O ‘2-K-K-M6-K-K-T
K-2, O ‘-2, M-6, K-18
Ta’mirlash siklining uzunligi jihozning murakkabligiga, ish tartibiga, materialga, ishlab chiqarish turiga, jihozning og ‘irligiga, ishlatilish sharoitiga bog ‘liq bo ‘ladi.
2 ta ketma-ket ta’mirlash orasidagi davr ta’mirlashlar orasidagi davr deyiladi. Uning uzunligi quyidagi formuladan aniqlanadi:

Tr = Trs / (Ro ‘ + Rm + 1)


Trs – ta’mirlash sikli uzunligi,
Ro ‘, Rm – o ‘rta va mayda ta’mirlashlar soni.
Ikki ketma-ket kuzatishlar yoki kuzatish va undan keyingi ta’mirlash orasidagi davr kuzatish orasidagi davr deyiladi. Uning uzunligi quyidagicha aniqlanadi:
Tk = Trs/(Ro ‘ + Rm + Rk + 1)
Bu ko ‘rsatikichlarning davomiyligi (uzunligi) ROT tizimi to‘g ‘risidagi ko‘rsatmada aniq hisob-kitoblar orasida turli jihozlar uchun belgilab qo‘yilgan. Masalan: konstruksion po‘latga ommaviy usulda ishlov beruvchi termall qirqish stanogi uchun quyidagi normativ davrlar belgilangan.
1sm – 13 yil
2 sm – 6,5 yil
3 sm – 4,5 yil
Ta’mirlash oralig ‘iaro davr:
1 sm – 17, 5 oy
2 sm – 9 oy
3 sm – 6 oy
Quvvatlanish oralig ‘idagi davr:
1 sm – 8,5 oy
2 sm – 4,5 oy
3 sm – 3 oy
Ta’mirlash ishlarining murakkabligini belgilash va mehnat sig ‘imini aniqlash maqsadida shartli ta’mirlash birligiga o ‘tkaziladi.
Konstruktiv va texnologik xususiyatiga ko‘ra, har bir jihoz uchun o‘z murakkablik kategoriyasi o‘rnatiladi. Murakkablik kategoriyasi ta’mirlash qilinayotgan jihozni etalon sifatida qabul qilingan jihoz bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Masalan: maishiy yengil metal qirqish stanoklari ta’mirlash murakkablik kategoriyasini aniqlash uchun etalon qilib 1k 62 tokarlik vint qirqish stanogi (murakkablik kategoriyasi – 11), 22A kl tikuv mashinasi (ta’mirlash murakkablik kategoriyasi – 1) elektrotexnik jihoz uchun – asinxron dvigatel (murakkablik kategoriyasi – 1) qabul qilingan.
Shunga binoan har bir jihoz birligi ta’mirlash murakkablik kategoriyasi bilan xarakterlanadi. Masalan, freon tarqatuvchi moslama RF-1 da 2 ga teng, 202 sinf tikuv mashinasining murakkablik kategoriyasi 2, kiyimlarni kimyoviy tozalovchi KX-011 mashinasi uchun – 16 ga teng.
Har bir jihoz uchun ta’mirlash murakkabligi birligi uchun vaqt sarfi normativlari belgilanadi.
ROT tizimi normativlari har bir ta’mirlash birligini ta’mirlashni rejalashtirish, ta’mirlash ishlari umumiy mehnat sig ‘imini rejalashtirish, ta’mirlovchi ishchilar sonini aniqlash, jihozni ta’mirlashda turish vaqtini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
8.1 - jadval

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin