Tayanch so ‘z va iboralar. Transport-ombor xo‘jaligining ahamiyati, vazifasi, ichki transport, tashqi transport, uzatish jarayoni, transportirovka jarayoni, avtotransport harakati yo‘nalishlari, avtotransportga talab, tashqi transport xo‘jaligini tashkil etishning markazlashgan usuli, markazlashmagan usuli.
9.1. Transport xo‘jaligining korxona faoliyatida tutgan o‘rni. Ishlab chiqarish va xizmat ko ‘rsatishni tashkil etish transport vositalari bilan uzviy bog ‘liqdir. Chunki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida turli xil uzatish, yuklash-tushirish, materiallarni tashish kabi taransport operasiyalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi bir korxonalarda, masalan, kimyoviy tozalashda mahsulotlar transportirovkasi barcha xarajatlarning 30-40% ni tashkil etadi. Shuning uchun ham korxonalarda transport xo‘jaligi ishni samarali tashkil etish, yuqori unumli, avtomatlashtirilgan tarnsport vositalarini joriy etish eng asosiy vazifalar qatoriga kiradi.
Uzatish jarayoni – yuklarning geometrik shakli, o ‘lchovlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko ‘chirish operasiyalari yig ‘indisi tushuniladi.
Transportirovka jarayoni esa yukni yuklagan joydan talab etilgan joygacha ma’lum bir marshrut bo‘yicha eltish operasiyalari yig ‘indisidir.
Yuklarning tarsportirovkasi va uzatish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: material, xom-ashyo, yoqilg ‘i, yarim fabrikatlarni tashqaridagi tashkilotlardan korxona omborxonasiga keltirish; omborxonadan sex, (uchastkalar)ga uzatish; detal va bo‘g ‘inlarni, materiallarni bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga kuzatish, yuklash, transportirovka va tushirish operasiyalarining bajarilishi jarayonida yarim fabrikat va mahsulotlarni saqlash.
Korxonalarda texnika va texnologiyaning rivojlanishi va ular ish faoliyatining takomillashishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, zavod ichki transport xo‘jaliklarini to‘xtovsiz va bir me’yorda ushlab turish kabi muhim omillar samarasini oshiradi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish korxonalarida transport xo‘jaliklari quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
asosiy va yordamchi sex va uchastkalarni moddiy texnika bilan ta’minlash;
yuklarni ortish tushirish va tashish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish;
transport vositalaridan unumli foydalanish, transport xo‘jaligida band bo‘lgan ishchilarning mehnat unumdorligini doimo o‘stirib borish bilan birga sarf-xarajatlarni kamaytirish;
texnologiya jarayoni va transport xizmati o ‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqani tashkil etish va ta’minlash.
Ishlab chiqarish korxonalari ichki transport va tashqi transport vositalaridan foydalaniladi.
Ichki transport mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga uzviy bog ‘liqdir. Ichki transport operasiyalar orasidagi va sex ichidagi sexlararo amal qiluvchi transport vositalaridan iboratdir.
Korxonalarda transport jarayonlarini tashkil etish va boshqarish maxsus ixtisoslashgan transport xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki transport operasiyalarini tashkil etish ishlab chiqarish turi va ishlab chiqaradigan mahsulotning tashkiliy texnik xususiyatlariga bog ‘liq bo ‘ladi.
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarish usuli, qo ‘llaniladigan korxonalarda mustaqil ritmli universal elektrokaralar, avtotaralar, elektrotelferlar, osma kranlardan foydalaniladi. Mayda detallar elektrokaralarga telferlar yordamida yuklanadi.
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishdagi transport operasiyalari xilma-xil bo‘lishi, transport ishlarini aniq tashkil etishni ko‘zda tutadi. Bunday sharoitda doimiy xarakterga ega bo‘lgan operasiyalar: chiqindilarni chiqarib tashlash, tayyor mahsulotni chiqarish, material, kasavalarni keltirish kabi jarayonlarni ajratib, tartibga solish va ularning harakat grafigini ishlab chiqarish talab etiladi. Buning uchun sexlarda transport vositalariga buyurtma berish tizimini qo‘llash mumkin. Bunda dispetcher doimiy ravishda transport vositalarining harakat yo ‘nalishi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatkichlarni belgilab beradi va talab etilganda transport vositalarini bilan ta’minlashni yo‘lga qo ‘yadi.
Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish sexlarida operasiyalararo va sexlararo uzatishlar uzluksiz harakat qiluvchi transport yordamida amalga oshiriladi.
Oqim liniyalarida qanday transport vositalaridan foydalanishni belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning massasi, soni, shakli, uzatish usuli zaruriy idishlarning xarakteristikasi, binoning konstruktiv xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Yig ‘ish sexlarida operasiyalararo va sex ichidagi uzatishlar osma konveyerlar yordamida amalga oshiriladi.
Osma konveyerlarning uch xil turi mavjud: yuk tashuvchi, yukni sudrovchi, yukni olib o ‘tuvchi bo ‘lishi mumkin.
Transport sexi ishini tashkil etishning asosiy masalalaridan biri transport vositalarini tanlashdir. Bu jarayon qabul qilingan texnologik jarayon va turli vaqtlarni iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi.
Transport xo‘jaligini ratsional tashkil etish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
Material vositalar va mehnat transportlarini kamaytirish.
Ishlab chiqarish ishlari vaqtini kamaytirish va texnologik jihozdan foydalanish koyeffitsiyentining oshishi.
Og ‘ir jismoniy mehnatni yo ‘qotish.
Mehnat sharoitlarining xavfsizligini ta’minlash.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash.
Transport vositalarini tanlash kompleks xarakterga ega va u quyidagi tartibda amalga oshiriladi. eng avvalo transport vositalarini tanlashga ta’sir ko ‘rsatuvchi omillar tahlil qilinadi. Bu omillar ikki guruhga ajratiladi:
Yuklarning transport xususiyatlari.
Yuklarning uzatilish sharoitlari.
Yuklarning xususiyatlari transport vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatlari, o‘lchamlari, turlarini belgilaydi.
Transportirovka masofasi ham muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkich eni avvalo elektrotransportlarga bog ‘liq. Chunki uning tezligi ichki yonuv dvigateli yordamida ishlovchi transport vositalarini 25 marta kichik, lekin usul ishlatish jarayonida afzalliklarga ega.
Korxonalarda ichki transport vositalaridan tashqari tashqi transport vositalari ham keng qo‘llaniladi. Tashqi transport korxonani boshqa korxonalar bilan bog ‘lashga korxonalarni xom-ashyo, material va instrumentlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Transport xo‘jaligini tashkil etish ikki tizimga asoslanadi.
Markazlashgan,
Markazlashmagan.
Markazlashgan tizimda yuk tashish jarayoni korxonalar uchun umumiy tarzda tashkil etiladi. Ya’ni markazlashgan tarzda tashkil etilgan transport xo‘jaligi korxonaning barcha bo‘linmalariga xizmat ko ‘rsatadi.
Ikkinchi tizimga ko‘ra avtotransport faqat o‘ziga biriktirilgan sexlarga xizmat ko ‘rsatadi.
Markazlashtirilgan harakatlar bir martali va doimiy marshrutlar bo ‘yicha amalga oshiriladi. Bir martali tashishlar ko‘pincha tasodifan yuzaga keladi. Ular yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarish turi bo‘yicha ishlaydigan korxonalarda ko‘proq qo ‘llaniladi. Doimiy marshrutlar esa yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida qo ‘llaniladi.
Transport harakati yo‘nalishlari tebranuvchan hamda halqasimon bo‘lishi mumkin. Tebranuvchan harakat yo‘nalishi ikki doimiy punkt o‘rtasida yuk tashishda qo‘llaniladi. Tebranuvchan harakat yo ‘nalishining quyidagi ko ‘rinishlari mavjud:
bir tomonlama harakat qiluvchi yo‘nalish. Bunda avtomashina faqat bir tomonga yuk olib boradi, ikkinchi tomonga esa bo‘sh qaytadi. Masalan, buyurtmachiga maishiy jihoz, mebel tashib keltirish; korxonaga xom-ashyo material keltirish;
ikki tomonlama tebranuvchan yo ‘nalishda avtomashina har ikki tomonga yuk bilan boradi. Masalan, kiyimlarni kimyoviy tozalashda buyumlarni qabul punkti va ixtisoslashtirilgan korxona o‘rtasida tashish;
tarmoqlangan (yelpig ‘ichsimon) yo ‘nalishda avtomashina bir punktdan bir nechta korxonaga yuk tashiydi. Bunda har safar tebranuvchan harakat qiladi.
Halqasimon harakat turida transport turlari avvaldan tuzilgan grafik bo‘yicha o‘zaro bog ‘langan korxonalarga ketma-ket ravishda yuk tashiydi. Halqasimon yo‘nalishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1.Yuk oqimi o‘sib boruvchi;
2.Yuk oqimi kamayib boruvchi.
Birinchi holatda mashina boshlang ‘ich punktdan bo‘sh chiqib punktlarni aylanib to‘lib boradi. Masalan, ta’minotchi korxonalardan xom ashyo material va ehtiyot qismlarni yig ‘ish. Ikkinchi holatda aksincha, boshlang ‘ich punktdan to‘liq yuk bilan chiqib bo‘sh qaytadi. Masalan, ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalaridan qabul punktlarga ta’mirlangan buyumlarni tashish.
Har ikki holatda ham avtotransportdan to ‘liq foydalanilmaydi. Chunki, yo‘nalishning ma’lum qismida mashina yuksiz harakatlanadi. Shu sababdan tekis yuk oqimli halqaviy yo‘nalishni tashkil etish samaraliroqdir. Bunda avtomashinalar har bir punktda yukni topshirib boshqasini yuklaydi. Ushbu yo ‘nalish turidan ko‘proq maishiy xizmat ko ‘rsatish korxonalarida foydalaniladi.
Avtotransport yo‘nalishlarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat ko‘rsatish talab etilgan korxonalar karto sxemasi, ular orasidagi masofa to‘g ‘risidagi ma’lumot, yo‘llar holati kabi ma’lumotlar xizmat qiladi. Har bir yo‘nalish uchun transport vositalari harakat grafigi tuziladi.