Sanoat korxonalarida marketingni tashkil etish


Marketing tuzilishining oddiyligi



Yüklə 13,24 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü13,24 Kb.
#199430
1   2   3
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASHTIRISH SHAROITIDA KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Marketing tuzilishining oddiyligi.
Tashkiliy tuzilishning oddiyligi va aniqligi unga korxona xodimlarining osonroq moslashishlari va
tegishlicha maqsadlarni amalga oshirishda faol qatnashishlariga ko’maklashadi.
Axborotlarni aniq yetkazishni ta’minlovchi bo’linmalar o’rtasida aloqalarning samarali tizimi.
Aloqa tizimi albatta orqaga qaytuvchi aloqaga ega bo’lishi shart.
Yagona bo’ysunuv prinsipi.
Xizmatchi faqat bitta boshliqdan buyruq olishi kerak.
Bir xil maqsadga ega bajarilayotgan vazifalarning yig’inidisi uchun bitta rahbar bo’lishi kerak.
Marketing tuzilishining kam bo’g’inliligi.
Tuzilish qanchalik kam bo’g’inga ega bo’lsa, pastdan yuqoriga axborot va rahbariyat buyruqlarining yuqoridan pastga yetib borishi shunchalik qisqa bo’ladi.
Marketing maqsadlariga erishishda korxona marketing xizmatida ichki tashkiliy bo’linmalarni tuzish katta ahamiyatga ega.
Bu yerda, qoida tariqasida, quyidagi bo’linmalar tashkil qilinadi.
Bozorni tadqiq qilish bo’limi.
U o’z ichiga quyidagilarni oladi:
axborot-tadqiqot guruhi (byuro); mahsulotga bo’lgan talabni o’rganish guruhi (byuro); bozorni o’rganishga texnik xizmat ko’rsatish guruhi (byuro).
Mahsulot assortimentini boshqarish guruhi..
U o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
eski mahsulot assortimentini boshqarish guruhi; yangi mahsulot assortimentini boshqarish guruhi
Sotish guruhi.
U o’z ichiga tezkor-sotish ishlari bo’yicha bo’linmalarni oladi.
Bu bo’linmalarning soni va nomlari asosan ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi kengligi va korxona ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining o’ziga xosligidan kelib chiqib belgilanadi.
Talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish bo’limi.
Uning tarkibiga odatda quyidagi guruhlar (byurolar) kiradi: reklama; sotishni rag’batlantirish
Servis xizmati ko’rsatish bo’limi
faqat murakkab texnika, mashinalar ishlab chiqaradigan korxonalar, firmalarda tuziladi.
Marketing xizmati bo’linmalari o’zaro uzviy bog’langan.
Marketing xizmati bo’linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalarini ko’rib chiqamiz.
    • Bozor kon’yunkturasi, talab va mahsulotni reklama qilish bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:
    • qisqa, o’rta va uzoq muddatli marketing strategiyasini ishlab chiqish;
    • korxonaning mahsulotiga talabni o’rganish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot
    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’mol xususiyatlarini va iste’molchi tomonidan unga qo’yilayotgan talablarni tadqiq qilish;
    • iste’molining uzoq o’rta, qisqa muddatli bashoratini ishalb chiqish;

reklamani tashkil qilish va mahsulot sotishni rag’batlantirish;
tijorat omillari va iqtisodiy omillarni tahlil qilish;
raqobatchi mahsulotning yetkazib berilish hajmlari, texnik darajasi va sifatini, uning ustunliklari va kamchiliklarini, korxona chiqarayotgan mahsulotni sotishning yangi bozorlari va yangi iste’molchilar mavjudligini tadqiq etish;
chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan talabni o’rganish, ishlab chiqarilajak va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ehtiyojni, statistik hisobot ma’lumotlarini baholash;
bozor holati va sotuvlar hajmiga ta’sir qiladigan turli omillarning o’zaro aloqasi tizimini aniqlash;
korxona mahsulotining raqobatbardoshligini tahlil qilish, uning iste’mol xususiyatlarini, narxi, ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa korxonalar ishlab chiqarayotgan raqobatchi mahsulotning o’xshash ko’rsatkichlari bilan taqqoslash;
korxona mahsuloti uchun bozor sig’imini hisoblash va h.k.
Sotish bo’limining funksiyalari quyidagilardan iborat:
    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xaridorlar bilan shartnomalarni tayyorlash va tuzish;
    • korxonaning tegishli xizmatlari bilan birgalikda ishlab chiqarish nomenklatura rejalari va tayyor mahsulotni topshirish rejalarini shakllantirish;
    • tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik rejalarini tuzish;
    • yetkazib berish rejalari bajarilishining oylik, choraklik tahlilini amalga oshirish va sexlarning mahsulot yetkazib berish bo’yicha qarzdorliklarini tugatish bo’yicha choralar ko’rish;
    • mahsulot sotish bo’yicha asoslanmagan xarajatlarni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
    • korxonaning mahsulotni o’tkazish bo’yicha muvaffaqiyatli tijorat faoliyatini ta’minlash;
    • mahsulot ulgurji savdosini tashkil qilish va h.k.

Ishlab chiqarilayotgan tovarga texnik xizmat ko’rsatish bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga firma xizmati ko’rsatish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash bo’yicha tayanch bazalarini tashkil qilish;
mahsulotni yig’ish, tartibga solish, ishlatib ko’rish, unga sotishdan oldingi xizmat ko’rsatish va iste’molchilarga yig’ilgan holda yetkazib berish bo’yicha ishlarni tashkil qilish;
ta’mirlash va qismlar hamda detallarni tiklashning ilg’or texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha ishlarni tashkil qilish;
ehtiyot qismlari, uning zaxiralarini tiklash va to’ldirishga bo’lgan ehtiyojni hisoblash;
yangi texnikani joriy qilish va uni qo’llash bo’yicha axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish.
Bu bo’limning funksiyalari quyidagilardan iborat:
mahsulotga kafolat xizmati ko’rsatish bo’yicha tayanch bazalar va tayanch punktlarning ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish;
joylarda kafolat muddati davomida ishdan chiqqan texnikaga kafolat xizmati ko’rsatish va texnikani ta’mirlashni tashkil qilish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotdan foydalanishda buzilishlar va kamchiliklar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni to’plash, bu boradagi da’volarni ko’rib chiqishda qatnashish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati bo’yicha da’volarni ko’rib chiqish va ularni qondirish;
ta’mirdan chiqarilgan texnikani sinab ko’rishni tashkil qilish va unda ishtirok etish;
ehtiyot qismlarini texnik asoslangan holda rejalashtirish va ishlab chiqarish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, korxonada tayyorlanayotgan ehtiyot qismlari nomenklaturasini ishlab chiqish va uni kelishib olishda ishtirok etish va h.k.
Istiqbollash va marketingni rejalashtirish byurosining vazifalari quyidagilardan iborat:
istiqbollari, ishlab chiqarishga qo’yilishi rejalashtirilayotgan mahsulot turlari va narxlarni bashorat qilishni ishlab chiqish;
marketing strategiyasini ishlab chiqish;
ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarish rejasini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Yüklə 13,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin