Tashkent State economy University Associate Professor, PhD Annotation. This article provides the theoretical basis for the economic assessment of the potential of resources in industrial enterprises of Uzbekistan. Also, methods for assessing the potential of resources in industrial enterprises are widely covered. Keywords: resource potential, industrial enterprises, resources, material resources, labor resources, financial resources, innovative resources, basic funds, revolving funds. Кirish.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sanoat
tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga keng e’tibor
qaratilyapti, jumladan, to‘qimachilik tarmog‘i fao-
liyatini takomillashtirish markaziy o‘rinda turadi.
Chunki to‘qimachilik sanoatining respublika
YaIMdagi ulushi 4,8 foizni tashkil etib, sanoat mah-
sulotlarining 25 foizi, ishlab chiqarish asosiy fond-
larining 13 foizi ushbu tarmoqqa to‘g‘ri keladi va
eng asosiysi, sanoatda band xodimlarining 32 foizi
aynan shu tarmoqda faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda bugungi kunda sanoat tar-
moqlarini rivojlantirish borasida juda ko‘plab iqti-
sodiy islohotlar amalga oshirilyapti. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot st-
rategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Far-
monning 3-bandiga ko‘ra, milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’min-
lashda muhim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab
olingan bo‘lib, ushbu vazifalar sohaning istiqbolli
rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur vazifalarning sa-
marali ijrosi mamlakatimizda sanoat tarmog‘i, xusu-
san, to‘qimachilik tarmog‘i faoliyatini baholashni
takomillashtirishni taqozo etadi.