Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
381
zo) minimal harakatlar bilan maksimal natijaga eri-
shishdir.
S.M.Kulishning fikriga ko‘ra, korxonaning
umumiy resurslaridan foydalanish samaradorligini
umumiy baholash uchun aktivlarning rentabelligi
ko‘rsatkichidan foydalanish mumkin. Ushbu ko‘rsat-
kich foyda olish jarayonida korxona aktivlaridan
foydalanish darajasini tavsiflaydi va har bir aktiv
turining uning shakllanishiga qo‘shgan hissasini
baholaydi. Biroq korxonaning resurs salohiyatini
baholash jarayonida uni umumiy tahlil ko‘rsatkich-
lari bilan cheklab bo‘lmaydi [7].
V.V.Kovalev [8] resurslarning butun yig‘indi-
sini uch guruhga ajratadi: (a) moddiy-texnik baza
(texnologik jarayonning mohiyati tufayli uzoq
muddatli qayta ishlash), joriy aktivlar (texnologik
jarayonning bajarilishini ta’minlaydigan aktivlar) va
mehnat resurslari. Aynan mana shu uch turdagi
resurslar ishlab chiqarish va texnologik jarayonda
birlashib, belgilangan maqsadlarga erishishni ta’-
minlaydi, deb hisoblanadi.
T.B.Berdnikovaning fikricha, ishlab chiqarish
salohiyati har xil turdagi mahsulotlarni ishlab chi-
qarish va sotish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kor-
xonaning turli ishlab chiqarish imkoniyatlarini bir-
lashtirgan toifa sifatida tushuniladi [9].
Nguyen Thi Thu hang korxonaning ishlab chi-
qarish salohiyatini quyidagicha belgilaydi: “...korxo-
nada mavjud bo‘lgan texnik, mehnat va moddiy-
energetika resurslaridan foydalangan holda raqo-
batbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun
mavjud imkoniyatlar” [10].
T.I.Nikolayeva, T.I.Uryashyevaning [11] fikri-
ga koʻra, resurs salohiyati deganda, xoʻjalik yurituv-
chi subyektning barqaror raqobatdosh ustunliklarni
yaratish uchun maʼlum bir tarkib va tizimlar soni
bilan taʼminlangan qobiliyatlar toʻplamini shakllan-
tirish tushuniladi. Boshqa mualliflarning fikricha
esa korxonaning resurs salohiyati deganda, moddiy,
energetika, axborot vositalari, shuningdek, moddiy
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida
ulardan foydalanadigan ishchilarning oʻzlari bilan
bogʻliq resurslar tizimi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: