Sanoat korxonalarida resurslar salohiyatini iqtisodiy baholash asoslari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix04.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SANOAT IQTISODIYOTI


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
382
mehnat resurslarining mahsulot ishlab chiqarish 
qobiliyati sifatida shakllanishini aks ettiradi. Ushbu 
bosqichda korxonada mavjud boʻlgan resurslar, 
ularning oʻsish dinamikasi, sifati va shu kabilarni 
batafsil oʻrganish mumkin. Ammo bularning barcha-
si bizni haqiqiy resurs salohiyatini aniqlashga 
yaqinlashtirmaydi, chunki mavjud resurslarning 
hammasi ham ishlab chiqarish jarayoniga jalb qili-
nishi mumkin emas. Ishlab chiqarish jarayonida ha-
qiqatda ishtirok etadigan resurslar resurs salohiyati 
tarkibiy qismlarining yangi sifatiga ega boʻladi. Ular 
sifat va miqdoriy jihatdan resurslar bilan mos kel-
maydi. Ushbu bosqichda korxonalarning mahsulot 
va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatini belgilovchi 
bevosita omillarni shakllantiradi. Ishlab chiqarish 
omillarining tarkibi, yaʼni resurs salohiyatining 
tarkibiy qismlari yanada farqlanadi. Shu bilan birga, 
kadrlar, ishlab chiqarish va texnologik, ilmiy-texnik, 
moliyaviy-iqtisodiy, innovatsion va boshqa salohi-
yat turlariga ajratiladi. Resurs salohiyatining qiyma-
ti nafaqat tarkibiy resurslarning miqdoriy xusu-
siyatlari, balki ularning bogʻlanish tabiati bilan ham 
belgilanadi. Resurs komponentlarini ulash usuli 
korxonaning resurs salohiyatini ham shakllantiradi. 
Ularning oʻzaro taʼsiri natijasida yangi sifat belgilari 
paydo boʻladi. 1-rasmda korxonaning asosiy tar-
kibiy qismlari bilan oʻzaro taʼsirida umumiy resurs 
salohiyati koʻrsatilgan, bu yangi parametrlarning 
paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi, xususan, innovat-
sion salohiyat bilan xarakterlidir. Ikkinchisi butun 
salohiyatning yadrosini tashkil etuvchi oʻz innovat-
sion faoliyat uchun, korxona uchun mavjud imko-
niyatlarni ifodalaydi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin