Sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli moddalarni sabablari va yechimlari


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies



Yüklə 362,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix29.04.2023
ölçüsü362,4 Kb.
#104659
1   2   3   4   5   6
Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 19
th
December, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
145 | 
P a g e
 
yuklamalar natijasida ta’minlab beruvchi tashqi muhit tajovuzining ortishi tirik 
organizmlar genofondining sifatiga albatta o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay 
qolmaydi, qaysiki tabiiy evolyusion moslashishning tezligi atrof muhitning 
o’zgarish jadalligiga mos kelmaydi va bu esa o’z navbatida tabiatda «Ekologik 
keskinlik» sindromini chaqiradi. O’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston hududida 
ko’plab sanoat korxonalari qurildi. Masalan, Qoravulbozor neftni qayta ishlash
Muborak gaz kondesat zavodi, Navoiy azot o’zeli, Navoiy tog’ metallurgiya 
kombinati, Jizzax akkumulyator zavodi va hokazolar tomonidan tashqi muhitga 
zaharli sanoat chiqindilari chiqarilmoqda[2]. 
Organizmlar yashayotgan muhitning texnogen o’zgarishlari orasida uning 
sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ancha ayanchli asoratlarga olib 
kelmoqda. Turli tabiatga ega bulgan zaharli moddalar ancha yuqori xavf tug’diradi. 
Ifloslovchi moddalar texnogen moddalar yoki tabiiy xarakterdagi aralashmalar 
sifatida kimyoviy elementlarni migrasiyalanish va energiyani transformasiyalanish 
sikllarini buzadi va ekotizimning yaxlit faoliyatiga noqulay ta’sir ko’rsatadi. 
Biosferada dunyo miqyosidagi hududiy va lokal oqimlari va ksenobiotiklarni, ya’ni 
biosfera uchun begona bo’lgan kimyoviy birikmalarning aylanishi shakllanadi[5]. 
Natija va mulohazalar. Hozirda mamlakatimiz atmosfera havosi, suv, tuproq 
qatlamini zararli moddalar bilan ifloslantirish bo‘yicha «peshqadamlik» 
«Navoiyazot», «Ohangaron sement», «Maksam Chirchiq», «Bekobodsement», 
«Farg‘onaazot», «O‘zbmetkombinat», «Olmaliq tog‘-kon kombinati» kabi yirik 
sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelmoqda. Ulardan atrofga chiqayotgan zaharli 
moddalar belgilangan normalardan 40 baravargacha ko‘proq ko‘rsatkichni 
ko‘rsatmoqda. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi qoshidagi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma'lum qilib 
o’tilgan. 2019 yilning birinchi yarim yilligida yirik sanoat korxonalarining atrofni 
ifloslantirayotgani yuzasidan fuqarolardan 175ta murojat kelib tushgan. 2018 yil 
yakunlari bo‘yicha atrofga 2 mln 449 ming tonna zararli modda chiqarilgan. Buning 
1 mln 600 ming tonnasi avtomobil vositalariga, 880 ming tonnasi ishlab chiqarish 
korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Respublikada 300 mingdan ziyod xo‘jalik 
korxonalari mavjud bo‘lib, ulardan 5 mingtasi ekologiyani zararlantirish bo‘yicha 
birinchi va ikkinchi toifali korxonalar hisoblanadi[6]. 
Sanoat korxonalarida olti mingdan ortiq chang-gaz tozalash uskunalari 
mavjud. Shundan 60 foizdan ortig‘i 10 yildan ziyod muddatda foydalanishda bo‘lib, 
hozirgi kunda ular har tomonlama eskirgan. Uskunalarning eskirish ko‘rsatkichi, 
ayniqsa, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida juda yuqori 



Yüklə 362,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin