25
(polushirina) a – ga teng ushbu ehtimolliklar taqsimotini standart noaniqligi
quyidagicha aniqlanadi:
6
/
a
u
6-rasm. To‘g‘ri burchakli (tekis), Simpson (uchburchakli) va Gauss taqsimot
qonunlarining garfik ko‘rinishi
.
Agar kattalikning о‘zlashtirilgan qiymati ehtimolligi Gauss (normal)
taqsimot qonuniyati bо‘yicha tavsiflansa va 99,73 foiz ehtimollik bilan
yarimkengligi
a
– ga teng bо‘lgan ushbu ehtimolliklar taqsimotini standart
noaniqligi quyidagicha aniqlanadi:
9
/
a
u
Kо‘rib chiqilgan extimolliklar taqsimlanish qonunlaridan
eng kam standart
noaniqlikga egasi Gauss (normal) , eng kо‘pi esa tо‘g‘ri burchakli (tekis)
taqsimlanish ekan.
Noaniqlik manbalarining namoyon bo'lishi.
Noaniqlikning tipik manbalari
bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
26
Namuna tanlash.
Laboratoriyada yoki bevosita tahlil ob'ektida bajariladigan
namuna tanlash operatsiyalari tahliliy metodika qismi bo'lgan hollarda namunalar
o'rtasidagi tasodifiy farqlar va namuna tanlash protsedurasida siljish (sistematik
xatolikning) yuzaga kelishi uchun har qanday imkoniyatlar kabi effektlar so'nggi
natija noaniqligining tashkil etuvchilarini shakllantiradi.
Namunalarni saqlash shartlari.
O'lchanayotgan (sinalayotgan) namunalar
o'lchashlar bajarilgunga qadar qandaydir vaqt davomida saqlansa, saqlash shartlari
natijaga ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun,
saqlash davomiyligi, shuningdek
saqlash shartlari noaniqlik manbalari sifatida ko’rilishi lozim.
Apparatura effektlari.
Bunday effektlar, masalan, analitik tarozilar aniqlik
chegaralarini; ro'yxatga olinganlaridan farq qiluvchi (berilgan chegaralarda)
o'rtacha
temperaturani
ushlab
turaoladigan
temperatura
rostlagichining
mavjudligini; ortiqcha yuklash effektlariga duchor qilinishi mumkin bo'lgan
avtomatik analizatorni o'z ichiga olishi mumkin.
Reaktivlar tozaligi. H
attoki boshlang‘ich reaktiv tekshirilgan bo'lsa
ham bu
tekshiruv metodikasi bilan bog‘liq bo'lgan qandaydir noaniqlik qolganligi sababli
titrlash uchun eritma kontsentratsiyasi absolyut aniqlikda belgilanishi mumkin
emas. Ko'p reaktivlar, masalan, organik bo'yoqlar 100 % ga toza bo'lib
hisoblanmaydi va tarkibida izomerlar va anorganik tuzlar bo'lishi mumkin. Bunday
moddalar tozaligi tayyorlovchi tomonidan kamida o'shanday darajada ko'rsatiladi.
Tozalik darajasiga tegishli bo'lgan har qanday taxminlar
noaniqlik elementini
kiritadi.
Taxmin qilingan stexiometriya.
Tahliliy jarayon aniqlangan stexiometriyaga
bo'ysunadi deb taxmin qilingan hollarda kutilayotgan stexiometriyadan og‘ishlarni
yoki reaksiyaning to'liq emasligini yoki yordamchi reaktsiyalarni hisobga olish
zarur bo'lishi mumkin.
O'lchashlar shartlari.
O'lchovli shisha idish, masalan, u kalibrlangan
temperaturadan far? ?iluvchi temperaturada qo'llanilishi mumkin.
Katta
temperatura effektlari tuzatishlar kiritish bilan hisobga olinishi lozim, biroq bu
holda ham suyuqlik va shisha temperaturasi qiymatlaridagi har qanday noaniqlik
ko'rib chiqilishi lozim. Shunga o'xshash, agar qo'llanilayotgan
materiallar
27
namlikning mumkin bo'lgan o'zgarishlariga sezuvchan bo'lsa atrofdagi havoning
namligi ahamiyatga eta bo'lishi mumkin.
Namunaning
ta'siri.
Murakkab
matritsa
tarkibi
aniqlanayotgan
komponentning chiqarib olinishiga yoki asbobning javobiga ta'sir ko'rsatishi
mumkin. Aniqlanayotgan komponentni topish shakliga sezuvchanlik bu ta'sirni
yanada kuchaytirish mumkin.
Namuna yoki aniqlanayotgan komponent barqarorligi tahlil jarayonida
issiqlik rejimining yoki fotolitik effektning o'zgarishi sababli o'zgarishi mumkin.
Chiqarib olish darajasini baholash uchun ba'zi «mashhur qo'shimcha»
ishlatilganda
aniqlanayotgan
komponentning
namunadan
aniq
chiqishi
qo'shimchani chiqarib olish darajasidan farq qilishi mumkin, bu esa baholash lozim
bo'lgan qo'shimcha noaniqlikni kiritadi.
Hisoblash effektlari.
Darajalash vaqtida mos kelmaydigan modelni tanlash,
masalan, nochiziq javobda chiziqli darajalashdan
foydalanish juda yomon
moslashtirishga va ko'proq noaniqlikka olib keladi.
Raqamlarni olib tashlash va yaxlitlash oxirgi natijaning noto'g‘riligiga olib
kelishi mumkin. Modomiki bu vaziyatlarni oldindan aytish qiyin ekan ba'zi bir
noaniqlikka joizlik to'g‘ri deb topilishi mumkin.
Bo'sh namunaga tuzatish.
Bo'sh namunaga tuzatish qiymatining ba'zi bir
noaniqligi bu tuzatishning zarurligiga shubha bilan barobar o'ringa ega bo'ladi. Bu
ayniqsa izlarni tahlil qilishda muhimdir.
Operatorning ta'siri.
O‘lchash asboblarining pasaytirilgan yoki ko‘tarilgan
ko‘rsatkichlarini ro‘yxatga olish mumkinligi.
Metodika interpretatsiyasida ahamiyatga ega bo'lmagan farqlarning
mumkinligi.
Tasodifiy effektlar.
Tasodifiy effektlar barcha aniqlashlarda noaniqliklarga hissa
qo'shadi. Bu bandni o‘z-o‘zidan ma'lum narsa sifatida noaniqlik manbalari
ro‘yxatiga kiritish lozim.
Dostları ilə paylaş: