139
90-rasm. Bimetall termometrlarning ishlash prinsipi sxemasi.
91-rasmda bimetall termometrning umumiy ko‘rinishi ifodalangan.
91-rasm. Bimetall termometrning umumiy ko‘rinishi.
Termoelektr termometrlar va qarshilik termometrlari.
Temperaturani
о‘lchashning termoelektr usuli termoelektr termometr (termopara) termoEYUK ni
temperaturaga bog‘liqligiga asoslangan. Termopara ikkita xar xil metall о‘tkazgich
(termoelektrod)dan tashkil topgan. Termoparaning
ishlash prinsipi ikki xil
metallar ulangan nuqtadagi temperatura о‘zgarganda, metallarning alohida
uchlaridagi termoEYUK о‘zgarishiga asoslangan.
Termoparaning ikkita metall uchlari kavsharlangan uchi “issiq” ulanma, erkin
uchlari “sovuq” ulanma deyiladi (16-rasmga qarang). A va B о‘tkazgichlar
termoelektrodlar deyiladi. Temoparada hosil bо‘ladigan EYUK ga termoEYUK
deyiladi. TermoEYUK xosil bо‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi kо‘proq
metalning erkin elektronlar zichligi kamroq metalga diffuziyasi bilan izohlanadi.
Termoparaning “issiq” ulanmasi elektronlari
qiziganda ularning harakat
tezligi, “sovuq” ulanmaning elektronlari tezligiga nisbatan ortadi. Termoparaning
140
“sovuq” ulanma uchlariga manfiy zaryadlar, “issiq”
ulanma uchlariga musbat
zaryadlar tо‘plana boshlaydi. Bu potensiallarning farqi termoparaning
termoEYUKni tagkil qiladi.
Tarkibiga elektr qarshilikni temperaturaga bog‘liqligi asosida ishlovchi
termoо‘zgartirgich va о‘lchanayotgan qarshilikdan
kelib chiqqan holda
temperaturaning qiymatini kо‘rsatuvchi ikkilamchi asboblarni mujassamlashtirgan
temperatura о‘lchash komplektiga
qarshilik termometri
deyiladi. Temperaturani
о‘lchash uchun qarshilik termoо‘zgartirgichini temperaturai о‘lchanayotgan
muhitga tushirish va biror bir asbob bilan uning qarshiligini о‘lchash lozim.
Qarshilik termoо‘zgartirgichi va temperatura о‘rtasidagi ma’lum bog‘liqlikka kо‘ra
temperaturani qiymatini aniqlash mumkin. Demak, qarshilik termometrining sodda
komplekti (92-rasm,
a
)qarshilik termoо‘zgartirgichi (QT), qarshilikni о‘lchovchi
ikkilamchi asbob (IA) va ularni о‘zaro bog‘lab turuvchi bog‘lash о‘tkazgichi (BО‘)
dan (bog‘lash о‘tkazgichlari ikki, uch yoki tо‘rt ztkazgichli bо‘lishi mumkin)
tashkil topadi.
Meyorlashtirilgan chiqish signalli termoо‘zgartirgichlarning sxemasi keng
qо‘llaniladi (92-rasm,
b
).
92-rasm. Qarshilik termometrlarining sxemalari:
a
-ikkilamchi asbobli termoqarshilik;
b
-meyorlashtiruvchi о‘zgartirgichli termoqarshilik;
QT – qarshilik termoо‘zgartirgichlari; IA, IA1, IA2 – ikkilamchi asboblar; AL – aloqa liniyalari;
MО‘ – meyorlashtiruvchi о‘zgartirgich; TB
–
tokli signallarni tarqatish bloki.
Qarshilikli termoо‘zgartirgichlarni tayyorlashda
sof metallar yoki
yarimо‘tkazgichlar ishlatiladi. Sof metallar (masalan, platina, mis) ning elektr
141
qarshiligi temperatura ortishi bilan oshib boradi (ularning temperatura koeffisiyenti
0,0065 K
-1
ga yetadi, ya’ni temperatura bir gradusga oshganda qarshilik 0,65 % ga
ortadi). Yarimо‘tkazgichli qarshilikli termoо‘zgartirgichlar 0,15 K
-1
gacha tushib
ketuvchi manfiy temperatura koeffisiyentiga ega (ya’ni
temperatura ortishi bilan
qarshilik kamayadi).
Ishnochligi yuqori va о‘lchami (gabariti) kichik bо‘lganligi uchun yarim
o‘tkazgichli termistorli termometrlardan keng foydalaniladi. Bunda datchik sifatida
MMT, ДBС va ДАС tipli tormoqarshiliklar – termistorlardan foydalaniladi. Bu
termistorlarning elektrik qarshilishgi temperaturaning oshishiga bog‘liq holda
kamayadi.
Dostları ilə paylaş: