40
Bir qiymatli o‘lchovlar kattalikning o‘lchash birligini
yoki uning karrali
(yoki ulushli) qiymatlarini hosil qiladi.
Masalan, tarozi toshi, normal element, o‘lchash kolbasi, elektr qarshiligining
g‘altagi, doimiy sig‘im kondensatori va h.k.
Bir qiymatli o‘lchovlardan berilan oraliqda birlikning kerakli ulushli va
karrali qiymatlarni olish imkonini beradigan o‘lchovlar to‘plami va magazini hosil
qilinadi.
Bir qiymatli o‘lchovlarning maxsus tanlangan yig‘ilmasi
o‘lchovlar to‘plami
deyiladi. Bunda alohida bir qiymatli o‘lchovlarning to‘plamdagi nominal
qiymatlari aniq qoida bo‘yicha qo‘yiladi. Masalan, qadoq-toshlar to‘plami (11 -
rasm), uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari to‘plami (12 - rasm),
Konstruktiv jihatdan birlashtirilan va o‘lchovning
kerakli qiymatlarini olish
uchun qayta ulash qurilmasi bilan ta’minlangan o‘lchovlar to‘plami
o‘lchovlar
magazini
deb ataladi.
O‘lchovlar magazini
- sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta
ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar
to‘plami. Masalan,
elektr qarshilik magazini, induktivlik magazini, elektr sig‘im
magazini va sh.k.
Ko‘p qiymatli o‘lchovlar qator bir turdagi (turdosh) kattaliklarning har xil
o‘lchamlarini hosil qiladi. Masalan: ko‘p qiymatli o‘lchovlarga
misol qilib,
millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich, elektr qarshiligining magazini va boshqalarni
keltirish mumkin.
Hozirgi paytda avtomatik o‘lchash tizimlarida maxsus boshqariladigan ko‘p
qiymatli o‘lchovlar keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchovlar kattalikning talab
etiladigan qiymati qo‘l bilan boshqariladigan
yoxud boshqaruvchi blokka
mikroprotsessor yordamida shakllangan maxsus signal (kod) berilishi bilan hosil
qilinadi. Bunga misol qilib,
avtomatik bosim datchigi, kuchlanish, tok, chastota
kalibratorlarini ko‘rsatish mumkin.
41
11 - rasm. Tarozi toshlari to‘plami.
12-rasm. Uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari
(t o‘plam КМД №3 кл.0,1,2,3 p o‘lat) .
Dostları ilə paylaş: