Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

O’lchash vositalari 
Fizik kattaliklar 
o’lchovlari 
O’lchash 
o’zgartkichlari 
Taqqoslash 
vositalari 
O’lchash 
asboblari 
O’lchash 
qurilmalari 
O’lchash 
tizimlari 
IO’T 
NO’T 
BO’T 
O’-HM 


31 
O‘lchanayotgan informatsiyani taqdim etish shakliga va konstruktiv ishlab 
chiqarilganligiga qarab o‘lchash vositalari: 
o‘lchovlar, o‘lchash asboblari
o‘lchash uskunalari, o‘lchash tizimlari 
va
 o‘lchash o‘zgartigichlariga
bo‘linadi.
8-rasm. O‘lchash vositalarining tarkibiy elementlari bo‘yicha turlarga ajralish sxemasi. 
O‘lchov
- kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
o‘lchash vositasiga aytiladi. 
O‘lchash asbobi
- kuzatuvchi bevosita qabul qila oladigan shakldagi 
o‘lchash ma’lumoti signalini hosil qilish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. 
O‘lchash uskunasi
- bir yoki bir nechta kattaliklarni o‘lchashga 
mo‘ljallangan, bir joyda o‘rnatilgan o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash 
o‘zgartirgichlari va boshqa qurilmalarning o‘zaro funksional birlashtirilgan 
majmui.
O‘lchash tizimi
– nazorat qilinadigan obyektga xos bir yoki bir nechta 
kattaliklarni o‘lchash va turli maqsadlarda o‘lchash signallarini hosil qilish uchun 


32 
ushbu obyektning turli nuqtalarida joylashtirilib, o‘zaro aloqa kanallari bilan 
bog‘langan, funksional birlashtirilgan o‘lchash vositalari va yordamchi vositalar 
majmui.
O‘lchash o‘zgartirgichi
- uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va 
(yoki) saqlash uchun qulay, lekin kuzatuvchi bevosita idrok eta olmaydigan 
shakldagi o‘lchash ma’lumoti signalini hosil qilish uchun mo‘ljallangan o‘lchash 
vositasi.
O‘lchash vositalari metrologik vazifasiga ko‘ra ikki turga ajraladi: 
ishchi 
o‘lchash vositalari
va 
namunaviy o‘lchash vositalari
.
Ishchi o‘lchash vositalari
fizik kattaliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, ular ko‘p sonli va keng qo‘llaniladi. Ishchi o‘lchash vositalariga misol qilib 
elektr hisoblagich (elektr energiyasini hisoblash uchun), teodolit (yassi 
burchaklarni o‘lchash uchun), nutromer (kichik o‘lchamlarni – teshiklar 
diametrlarini o‘lchash uchun), termometr (temperaturani o‘lchash uchun) larni 
aytish mumkin.
Namunaviy o‘lchash vositalari
mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
uchun mo‘ljallangan va shu maqsadda xizmat qiladigan vositalardir.
O‘lchash vositalari standartlashtirilganlik holati bo‘yicha ham turlarga 
bo‘linadi: 
-
standartlashtirilgan o‘lchash vositalari; 
-
standartlashtirilmagan o‘lchash vositalari. 
Standartlashtirilgan o‘lchash vositalari
– bu davlat va tarmoq standartlari 
talablari bo‘yicha tayyorlangan o‘lchash vositalaridir. 
Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalari
kam o‘chraydigan va maxsus 
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalaridir, ular davlat qiyoslovidan 
o‘tkazilmaydi, ammo metrologik attestatsiya qilinadi. 
Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab esa avtomatlashtirilgan, avtomatik, 
yarim avtomatik va avtomatlashtirilmagan o‘lchash vositalariga bo‘linadi.
Konstruktiv xossalariga ko‘ra o‘lchovlar, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash 
asboblari, o‘lchash qurilmalari va o‘lchash tizimlariga bo‘linadi.


33 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin